Telegram asosçisi Pavel Durovga nisbatan uyuşgan jinoyatçilikka aloqadorlik böyiça bir qator ayblovlar e’lon qilindi. Bu haqda Parij prokuraturasining press-relizida söz boradi.
Durov sud nazorati ostida ozod etildi, lekin u Fransiyani tark etmasligi kerak. Şuningdek, Durov 5 million yevro garov puli qöyişi va haftasiga ikki marta politsiyaga kelib turişi zarur böladi.
Pavel Durov 24 avgust kuni keçqurun Parij aeroportida qölga olingan edi. Ikki kundan keyin Parij prokuraturasi Durov noma’lum şaxslarga qarşi jinoiy tergov doirasida 12 ta jinoyat, jumladan vakolatli organlar söroviga köra ma’lumot berişni rad etiş, şuningdek, pornografiya, giyohvand moddalar va hakerlik dasturlarini tarqatişda iştirok etiş böyiça qölga olinganini e’lon qildi.
Durovga yaqin manbaning sözlariga köra, Telegram köp yillar davomida platformada noqonuniy kontent tarqalişi oldini oliş uçun rasmiylar bilan hamkorlikni talab qiluvçi huquq-tartibot idoralarining çaqiruvi va sud qarorlariga e’tibor bermagan.
Avvalroq Irina Bolgar ismli ayol Telegram asosçisi Pavel Durovni farzandiga nisbatan «jismoniy zöravonlik işlatganlikda» ayblab, Şveytsariya sudiga da’vo arizasi kiritgani töğrisida xabar berilgandi. Bolgar öz da’vosiga isbot sifatida tergovga Durov bilan yozişmalari va şifokor tomonidan 2023 yil aprelda yozilgan ma’lumotnomani körsatgan. Hujjatda bolaning uyqusi buzilib, bezovtaligi ortgani qayd etilgan.

















