Favqulodda holat sabab fuqarolar körgan zarar qoplab beriladimi? Kun.uz muxbiri şu savol bilan Özbekistondagi ayrim suğurta kompaniyalarining vakillari bilan suhbatlaşdi.

Akramjon Şarobiddinov – «KAFOLAT suğurta kompaniyasi» AJ suğurta böyiça direktori:

– «Kafolat» suğurta kompaniyasi Sirdaryo viloyatining hamma tumanlarida bölinmalariga ega. Şu jumladan, Sardoba tumanida ham bölinma faoliyat yuritadi. Sardoba suv omboridagi baxsiz hodisa natijasida hududlarda yuzaga kelgan holat böyiça «Kafolat» suğurta kompaniyasi ham zudlik bilan işçi guruh tuzgan holda joyiga çiqib örganişni boşladi.

Hozirgi kungaça amaldagi suğurta şartnomalariga qaraydigan bölsak, aynan Sardoba tumanida 2000dan ortiq şartnoma tuzilgan bölib, olingan javobgarlik miqdori 15 mlrd sömdan ortiqni taşkil qiladi.

Bularning içida majburiy suğurta turlari bor, transport vositalari bor, iş beruvçilarning fuqaroviy javobgarligi suğurtalari bor.

Yuzaga kelgan hodisa böyiça köproq zarar aholining mol-mulkiga, yuridik şaxslarning mol-mulkiga, avtotransport vositalariga, fermer xöjaliklari yoki aholi ekinlariga köproq ta'sir körsatgan.

Şundan kelib çiqib, suğurta obektini bölib köradigan bölsak, Sardoba tumanida kompaniya tomonidan 196 nafar fuqaroning uy-joylari suğurta qilingan. Bundan taşqari, yuridik şaxslarga tegişli bölgan 12ta mol-mulk suğurta qilingan. Buning umumiy qiymati 4,3 mlrd sömni taşkil qiladi.

Suğurt qilingan obektlarning orasida oziq-ovqat saqlanadigan ombor, savdo dökoni va şu kabi obektlar ham bor.

Evakuatsiya jarayoni boşlandi. Bu jarayonda ayni vaqtda ham kompaniyaning işçi guruhi Sayxunobod tumanida bölib turibdi. Köçirib kelingan aholiga nafaqat moddiy, balki ma'naviy yordam ham körsatiş maqsadida şu joyda bölib turişibdi.

Suğurta şartnomalariga asosan tölov böladimi yoki yöqmi, degan savol. Suğurta şartnomalariga asosan aynan bu risk hisoblanadi. Bu riskka asosan Özbekistonda umumiy 28ta suğurtalaş tarmoği bilan işlayotgan kompaniyalar bölsa, ular umumiy suğurtalaş tarmoğini deyarli barça kompaniyalarda mol-mulklarni suğurta qiliş böyiça tegişli litsenziyaga ega. Mol-mulk 8-, 9-klasslar bölib, buning içida tabiiy ofatlar riski bor. Aynan yuzaga kelgan risk böyiça suğurtalangan mulkni, ya'ni aholining uy imoratlariga, aholining transportiga, aholi yoki fermer xöjaliklarining ekinlariga, xöjalik yurituvçi sub'yektlarning mol-mulkiga yetkazilgan zarar böyiça tölov amalga oşiriladi.

Suğurta amalga oşirilayotgan, suğurta qilingan mulkning qiymati böyiça suğurta kompaniyasi va mijoz örtasida kelişuv böladi. Bundan taşqari, banklardan kredit olganda garov sifatida köplab fuqarolar öz mol-mulkini qöyadi. Şu vaqtda mulk suğurta qilingan. Talafotdan keyin mulkka zarar yuzaga kelgan bölsa, bu zarar mustaqil baholovçilar tomonidan baholanadi. Ya'ni şu mulkka qançalik zarar yetdi? Yetkazilgan zarar suğurta kompaniyasi tomonidan jismoniy va yuridik şaxs bilan tuzilgan şartnomaga asosan qoplab beriladi.

Umida Qosimova – «Gross Insurance» MÇJ suğurta tölovlari markazi direktori:

– Kuni keça Sardoba suv omborida suv toşqini röy berdi. Bir qator aholi punktlarida bino inşootlariga zarar yetgan. Gross Insurance kompaniyasi ham barça suğurta qilingan obektlarni örganib çiqib, 44ta uy-joy binolari, aynan kreditga olingan, namunaviy uylar suğurtasi borligi aniqlangan. Ularning suğurta tölovlarining umumiy summasi 9 mlrd sömni taşkil qilgan.

Kompaniya mazkur ofat jabrlanuvçilariga özining çuqur hamdardligini bildiradi va mas'uliyatni his qilgan holda suğurta masalalarini tezkor örganib çiqib, suğurta holatlari böyiça kafolatlangan holda suğurta summalarini tölab berişini ma'ulm qiladi.

Alişer Asatullayev – «Özbekinvest» suğurta kompaniyasi boş direktori örinbosari:

– Hozirgi kunda talafot yetgan hududda «Özbekinvest» import-eksport suğurta milliy kompaniyasi tomonidan jami 98 mlrd sömga teng bölgan suğurta şartnomalari aholi hamda xöjalik yurituvçi taşkilotlar bilan tuzilgan.  Jumladan, Sardoba tumanida 5,5 mlrd sömlik, Oqoltin tumanida 22 mlrd sömlik, Mirzaobod tumanida 72 mlrd sömlik şartnomalar tuzilgan.

Bu şartnomalar böyiça «Özbekinvest» import-eksport suğurta milliy kompaniyasi öz majburiyatlarini davom ettirmoqda.

Hozirgi vaqtda aholi talafot körgan hududlardan evakuatsiya qilingani bois zararlangan mulkni közdan keçiriş va zarar miqdorini aniqlaş imkoniyati bölmay turibdi. Lekin mutasaddi taşkilotlar tomonidan talafot hududiga kirişga ruxsat etilişi bilan «Özbekinvest» kompaniyasi xodimlari joylarga çiqib, zarar körgan mulklarni közdan keçirib, zarar miqdorini aniqlab, tölab beriş böyiça barça çoralar köriladi.

Zararlarni töliq qoplab beriş yuzasidan yetarli mablağlar ajratilgan. Zararlarni tölab berişda kompaniya tezkorlik bilan öz faoliyatini amalga oşiradi.

– Fuqaroning uyi suvda qolib ketgan, toşqin paytida uy qulab tuşgan holatlar bor. Butkul vayron bölgan bölsa, qança miqdorda kompensatsiya oliş joyiga çiqib, mustaqil baholovçilar tomonidan örganilgandan keyin belgilanadi, töğrimi? 100 foiz miqdordami, 50 foiz miqdordami?

Akramjon Şarobiddinov – «KAFOLAT suğurta kompaniyasi» AJ suğurta böyiça direktori:

– Aynan bu böyiça hozir joyiga çiqib örganişning imkoniyati yöq. Çunki yöllar hozirça berk. Mijozlar tomonidan ariza kelib tuşgandan keyin joylar borib köriladi. Suğurtalangan mol-mulk butkul nobud bölgan taqdirda suğurta summasi doirasida töliq qoplab beriladi. Misol uçun, uy 100 mln sömga suğurta qilingan bölsa, uy batamom nobud bölgan bölsa, mijozga suğurta summasi doirasida töliq qoplab beriladi.

Uy suğurta qilingan, lekin törtta xonasi bölib, bitta xonasi yoki qöşimça imoratlari zararlangan bölsa, mustaqil baholovçilar tomonidan baholanadi, keyin kompaniya tölab beradi.

Buning uçun mijoz suğurta kompaniyasiga birgina murojaat qilişi kifoya. Kompaniyada töliq obektlar bor, hammasi suğurta polisida yozib qöyilgan. Suğurta qildirgan odamlarning suğurta polisi uyida qolib ketgan bölişi mumkin. Şuning uçun kompaniya onlayn reyestrni olib, özimiz suğurta qilgan mol-mulklar haqidagi ma'lumotlar asosida zarar yetgan joylarni aniqlayapmiz.

– Yuzaga kelgan hodisa – tabiiy ofat. Undan tegişli xulosa çiqarilişi, aholining suğurta madaniyatini oşiriş, mulkini imkon qadar suğurta qilişga e'tibor qaratiş kerak. Suğurtalanmagan binolar bor, fuqarolarning özlari qurgan uylar bor. Ularning taqdiri qanday böladi?

Akramjon Şarobiddinov – «KAFOLAT suğurta kompaniyasi» AJ suğurta böyiça direktori:

– Suğurta kompaniyasi suğurta şartnomasi böyiça javobgarlikni öz böyniga oladi. Yetkazilgan zarar böyiça suğurta şartnomasi aholi qölida bölsa, şu şartnomaga asosan suğurta qoplamasini oliş mumkin. Suğurtalanmagan mulkning taqdiri nima böladi?

Kuni keça Sardobadagi suv toşqinida, 27-28 aprel kuni kuçli şamol natijasida Buxoro, Navoiy, Qoraqalpoğiston, Qaşqadaryo hududida bölgan hodisalar böyiça kompaniya tomonidan tölov masalalari körib çiqilyati. Bugungi kun holatiga 54 mln sömdan ortiq tölov amalga oşirildi.

2017 yil 9 oktyabrda «Kafolat» suğurta kompaniyasi böyiça prezident qarori çiqdi. Şu qarorga köra, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, mahalla vakillari bilan mahallalarga kirib, aholiga tuşuntiriş işlarini olib boriş vazifasi yuklatilgan edi. Lekin hamma ham suğurta uçun pul ajratmaydi. Sardoba tumanining özida ming nafardan ortiq fuqaro özini baxsiz hodisadan, yuqumli kasalliklardan suğurtalagan. Suğurta turlari köp, lekin aynan mol-mulkini suğurta qiliş darajasi past. Ammo özini suğurta qiliş tizimi rivojlandi. Aholining suğurtaga işonçi ortyapti. Agar bu qamrovni kengaytirsak, suğurta tölovlarini beriş imkoniyati yuzaga keladi.

Jamşid Niyozov suhbatlaşdi.

Suhbatni töliq tarzda Kun.uz`ning YouTube`dagi kanalida tomoşa qilişingiz mumkin.