AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Jo Bayden prezidentligi davrida Qöşma Ştatlarga kirişiga ruxsat berilgan Lotin Amerikasi va Ukrainadan kelgan migrantlarning barça immigatsiya arizalarini körib çiqişni töxtatib qöydi. Bu haqda CBS News öz manbalariga tayanib xabar berdi.

Qayd etilişiça, Amerika rasmiylarining qarori AQŞda qonuniy asosda qoliş imkonini beradigan turli immigratsion imtiyozlarni oliş uçun ariza beriş jarayonida turgan migrantlarga taalluqli.

Taqiq Bayden ma’muriyati tomonidan gumanitar qaraşlar sababli xorijliklarga AQŞda vaqtinça qoliş imkonini beruvçi bir qator dasturlarni qamrab oladi.

Ular orasida «Ukraina uçun birlaşuv» dasturi ham bor — uning yordamida ukrainlar moliyaviy homiy kömagida AQŞ hududiga vaqtinça kira olardi. Yana bir dastur CHNV bölib, u Venesuela, Haiti, Nikaragua va Kuba fuqarolariga taalluqli. Uçinçi dastur esa AQŞda qarindoşlari bor Markaziy Amerika, Kolumbiya, Ekvador, Haiti va Kuba fuqarolariga aloqador.

CBS News ma’lumotlariga köra, «Ukraina uçun birlaşuv» dasturi doirasida Tramp hokimiyatga kelgunga qadar AQŞga 240 mingga yaqin ukrain köçib borgan. CHNV dasturi böyiça bölsa Kuba, Haiti, Nikaragua va Venesuelaning 530 ming fuqarosi Qöşma Ştatlarda vaqtinça qoliş imkoniyatiga ega bölgan.