Prezident Şavkat Mirziyoyev 10 iyun kuni ötkazgan selektorda köp qavatli uylar qurilişi va boşqaruvi masalalariga töxtalib ötdi.
Davlat rahbari köp qavatli uylar seysmo-konstruksiyasiga noqonuniy özgartiriş kiritiş holatlari kuzatilayotgani, yangi köp qavatli uylarda bino çökişi, undagi yoriqlar, şörlaniş va sifat böyiça aholidan e’tirozlar bölayotganini qayd etdi.
Mas’ul taşkilotlarga uylar xavfsizligi va infratuzilma sifati böyiça pudratçilar majburiyati bajarilişini qat’iy nazoratga oliş, konstruksiyani noqonuniy özgartiriş holatlarini erta aniqlaş tizimini joriy qiliş topşirildi.

Ta’kidlanişiça, Özbekistonda 39 mingga yaqin köp qavatli uyga 819 ta boşqaruv kompaniyasi xizmat körsatmoqda.
Soliq imtiyozi, arzon kredit berilgani, eski qarzlar “muzlatilgani” hisobiga ular oyoqqa turayotgani ta’kidlandi. Bir yil oldin 133 ta boşqaruv kompaniyasi “oğir” toifada bölgan bölsa, hozir bunday kompaniya qolmagani aytildi.
Şu bilan birga, hamma joyda ham odamlar uylarni boşqariş sifatidan rozi emas. Köplab boşqaruv kompaniyalari faqat köçalarni supuriş va tozalaş, joriy ta’mirlaş bilan çeklanyapti. Uylar atrofini obodonlaştiriş, tom, içki va suğoriş tarmoqlarini soz holda saqlab turiş kabi asosiy vazifalar e’tibordan çetda qolib ketmoqda.
Yaqinda boşqaruv kompaniyalari xizmati uçun tarifning eng kam miqdori belgilandi. Endi boşqaruv va ekspluatatsiya sifati ham şunga yaraşa bölişi kerakligi körsatib ötildi.
Boşqaruv kompaniyalari aholi va kommunal taşkilot örtasida “köprik” bölişi kerakligi qayd etildi. Bundan buyon ikki yildan oşmagan uylarda, ya’ni kafolat muddatida muammo çiqsa, pudratçi bilan birga ularni bartaraf qilişga mas’ul bölişi belgilandi.
Uy-joy kommunal soha mutasaddilariga “aholi – boşqaruv kompaniyasi – kommunal taşkilot va pudratçi” zanjirini yaratiş topşirildi.












