Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 5 sentabr kuni aholini toza içimlik suvi bilan ta'minlaş böyiça ustuvor vazifalarga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.

«Mamlakatimiz aholisini, ayniqsa 11 mingdan ziyod qişloqlarni toza içimlik suvi bilan ta'minlaş öta dolzarb masala bölib qolmoqda. 

Tanqidiy-tahliliy ruhda ötgan uşbu tadbirda davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, oxirgi 2 yilda içimlik suvi va kanalizatsiya tizimini yaxşilaşga 2 trillion 400 milliard söm ajratildi. Bu avvalgi 10 yilda ajratilgan jami mablağdan 2 baravar köp demakdir. 

Şunga qaramasdan, mamlakatimizda markazlaşgan tarmoqlar orqali toza içimlik suvi bilan ta'minlaş darajasi 68 foizni taşkil etmoqda. Bu körsatkiç, jumladan, Qoraqalpoğistonda 52 foiz, Buxoroda 53, Qaşqadaryo va Surxondaryoda 54, Xorazmda 56 foizga yetgan, xolos», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Yiğilişda qayd etilişiça, Toşkent şahrida suv ta'minoti korxonalari rentabelligi 7 foiz, Andijon va Qaşqadaryoda 6, Navoiyda 3 foizni taşkil etadi. 

27 ming kilometr yoki 38 foiz suv tarmoqlari avariya holatida bölsa, 2 mingta yoki 20 foiz suv nasoslari işdan çiqqan. Özbekistondagi şaharlarning faqat 79tasida (57 foiz) kanalizatsiya tizimi mavjud, uning ham 23 foizi ta'mirga muhtoj. 

Yiğilişda, şuningdek, bugungi kunda içimlik suvi işlab çiqariş va tarqatiş inşootlarining 85 foizida hisobga oliş tizimi mavjud emasligi ham tanqid qilindi. 

Jami 3 million 280 ming nafar suv iste'molçidan atigi 44 foiziga, ya'ni 1 million 425 ming xonadonga hisoblagiç örnatilgani sohada işlar sustkaşlik bilan amalga oşirilayotganini körsatmoqda.

Ayniqsa, qişloqlarda köplab egasiz suv inşootlari mavjud (birgina Böka tumanida, masalan, 60dan ortiq şunday obektlar bor).

Davlat rahbari bu va bunga öxşaş muammolarni hal etiş uçun sohada olib borilayotgan işlarni keskin jadallaştiriş lozimligini ta'kidladi. Hisob-kitoblarga köra, 2030 yilga qadar suv ta'minotini şaharlarda 98, qişloqlarda 85 foizga, kanalizatsiya tizimini 31 foizga yetkaziş közda tutilgan. Buning uçun 4,5 milliard dollar mablağ kerak böladi.