2025 yil boşiga kelib, Özbekistonda aholining 80 foiz qismi markazlaşgan içimlik suvi bilan ta’minlangan. Taqqoslaş uçun, 2017 yil 1 yanvar holatiga bu körsatkiç 64 foiz edi.

Hududlar kesimida eng yuqori qamrov darajasi Toşkent şahri (98,2%), Andijon (91,9%) va Xorazm (91,6%) viloyatlarida kuzatilgan. Eng past körsatkiçlar esa Qaşqadaryo (61%) va Surxondaryo (65,3%) viloyatlarida. Bu esa janubiy hududlarda içimlik suvi ta’minoti hali ham hal etilmagan muhim muammo ekanini körsatadi. (Bu raqamlar manbasi – “Özsuvta’minot” AJ)

Yana bir muhim jihat: rasmiy va haqiqiy qamrov örtasidagi farq. Masalan, rasmiy ma’lumotlarga köra, Yangiyöl tumanida aholining 16 foiz qismi markaziy içimlik suvi ta’minotiga ega emas. Biroq, 2023 yilda ötkazilgan "Mapaton" tadbiri xonadonlar kesimida bu körsatkiç 24 foiz ekanini aniqlagan.

Bu esa qamrovni aholi soniga nisbatan hisoblaş noaniq natijalar berişi va real ehtiyojlar notöğri baholanişi mumkinligini anglatadi. Haqqoniy manzarani aks ettiriş uçun qamrov xonadonlar kesimida hisoblanişi lozim.

Şu bilan birga, aholi mavjud tarmoqlarda suv sifatini past deb baholagani sababli ularga ulanişdan boş tortayotgani ham katta muammo. Bu esa infratuzilma rivojlanişiga sarflanayotgan mablağlarning samaradorligiga salbiy ta’sir körsatmoqda.

Kanalizatsiya bilan qamrov holati içimlik suviga qaraganda ança yomon. Bugungi kunda aholining atigi 20,5 foiz (7,6 mln kişi) kanalizatsiya xizmatlaridan foydalanmoqda. 2017 yilda bu körsatkiç 15 foiz edi.

Eng yuqori qamrov darajalari: Toşkent şahri – 93,6%, Navoiy – 25,8%, Toşkent – 22,5% va Samarqand – 22,1% viloyatlarida kuzatilgan. Eng past qamrov darajalari: Qoraqalpoğiston – 5,4% Surxondaryo – 6,3%, Andijon, Namangan, Qaşqadaryo – 8,4% viloyatlariga töğri keladi.

Bundan taşqari, mavjud kanalizatsiya tarmoqlari ham juda eskirgan. Masalan: Xorazmda – 65,6%, Qaşqadaryoda – 46,7%, Qoraqalpoğistonda – 45,2% tarmoqlar kapital ta’mirga muhtoj. (Raqamlar manbasi – “Özsuvta’minot” AJ)

Içimlik suvi va kanalizatsiyaga investitsiyalar: keng kölamli rivojlaniş yoki qarz yukining ortişi?

Içimlik suvi va kanalizatsiya sohasini rivojlantiriş maqsadida “Özsuvta’minot” AJ davlat kafolati ostida xalqaro moliya institutlari (XMI) va xorijiy hukumat taşkilotlaridan