Özbekistonda har bir köça kesimida içimlik suvi, kanalizatsiya va yöllar qoplamasining holati böyiça aniq ma’lumotlarni töplaş maqsadida onlayn xatlovga start berildi.
Bu xatlov 10 mingta maktab, 7 mingta bolalar boğçalari, 3 800 ta tibbiyot muassasalari, 880 ta sport inşootlari va boşqa ijtimoiy obektlar infratuzilmasiga oid geoportalini yaratişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Geoportal kelgusida davlat investitsiya dasturlarini işlab çiqiş uçun asos bölib xizmat qiladi.
Geoportalni yaratiş uçun avvaliga Bandlik vazirligi kömagida har bir mahalla böyiça aholining içimlik suvi, kanalizatsiya va yöllar qoplamasining sifati böyiça birlamçi ma’lumotlar töplandi.
Joriy bosqiçda esa sörovnoma orqali bu ma’lumotlarning haqqoniyligini tekşiriş, aholi iştirokida texnik xatolarni bartaraf etiş maqsad qilingan.
Sörovnoma @real_holat_bot Telegram-boti orqali, onlayn tarzda ötkaziladi. Sörovnomada iştirok etiş uçun şaxsiy ma’lumotlarni kiritiş şart emas, şaxsni tasdiqlaş ham talab qilinmaydi.
Sörovnoma 2025 yil 3–15 mart kunlari ötkazilib, unda har bir fuqaro iştirok etişi mumkin. Sörovnomada iştirok etiş vaqtida mahallaning joylaşuvi, köça nomi, suv ta’minoti, kanalizatsiya va yöllar qoplamasi holatini körsatib ötiş lozim.
Agar köçangizda maktab bölsa, unda içimlik suvi bor yoki yöqligini belgilang. Ma’lumotlarni töğri va aniq kiritişni, sörovnomaning oxirigaça ötişni unutmang. Sörovnomadan ötişga 2 daqiqa vaqt talab etiladi.
Ma’lumot uçun, ijtimoiy obektlar geoportali Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining “Delivery Unit” ofisi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan, “Özbekiston-2030” strategiyasi hamda “2025–2027 yillarda Özbekiston Respublikasining ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori doirasida şakllantirilmoqda.













