Respublika maxsus komissiyasi qaroriga köra, şu yilning 18 mayidan Toşkent şahridan Nukus, Urganç, Termiz şaharlariga aviaqatnovlar (boriş va qaytiş) tiklanadi, şuningdek, Toşkent şahridan Navoiy, Buxoro, Qarşi şaharlariga «Afrosiyob» tezyurar poyezdi hamda Farğona vodiysiga temir yöl qatnovi (boriş va qaytiş) qayta yölga qöyiladi.
Şu bilan birga, avia va temir yöl qatnovlarini taşkil etişda barça karantin qoidalariga amal qiliş, şu jumladan, yölovçilar sonini kamaytiriş, dezinfeksiya qiliş va boşqa sanitariya talablari sözsiz bajarilişi talab etiladi.
Respublika maxsus komissiyasi tomonidan karantin davrida mahalliy yönalişlarda avia va temir yöl qatnovlarini yölga qöyişning vaqtinçalik tartibi tasdiqlandi.
Mazkur tartib talablarini buziş epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buzganlik uçun ma'muriy javobgarlikka tortişga sabab böladi.
Bundan avvalroq Özbekistonda karantin 1 iyunga qadar uzaytirilgani, şu bilan birgalikda karantin tartiblarida yumşatişlar joriy etilgani xabar qilingandi.
Eslatib ötamiz, 13 may kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişida prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan epidemiologik vaziyat böyiça muhim çora-tadbirlar belgilab berilgan, olis hududlarning poytaxt bilan transport aloqasini tiklaş juda dolzarb masala bölib turgani qayd etilgan va bu böyiça çeklovlarni bosqiçma-bosqiç bekor qiliş masalasini körib çiqiş böyiça körsatma berilgandi.
Toşkentda ham kun davomida stikersiz harakatlanişga ruxsat berildi


















