Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov 5 noyabr kuni ötkazilgan matbuot anjumanida Özbekistonda yaşaş minimumi yoxud «iste'mol savatçasi»ning eng kam miqdori e'lon qilinişiga oid savolga javob berdi. Xususan, jurnalist Avaz Tohirov yaşaş minimumi oçiqlanmasligi uning budjet xarajatlariga qöşimça yuk bölişi bilan izohlanadimi, deya savol berdi.

«Bu masalaning bitta sababi, deb bölmaydi. Bu ham sabablar içida bölişi mumkin. Asosiy masala — bizda bu (yaşaş minimumi – tahr.) çuqur tadqiq etilmagan. Ta'kidlaş joizki, u narsani (yaşaş minimumi – tahr.) hisoblaşda aholi daromadlarini ölçaş mezoni mavjud. Masalan, Özbekistonda 13 million odam mehnat qilayotgan bölsa, ulardan 4,5 millionga yaqini soliq tölaydi. Qolganlarning daromadi haqida rasmiy hisob yöq. Har bitta oilada qança daromad bölişini qayerdan bilamiz? Çuqur tadqiqot zarur. Iste'mol xarajatlarini qanday biliş mumkin? Tadqiqot kerak.

Özbekiston içida ham hududlar kesimida farqlar mavjud. Ba'zi bir hududlar ratsion (ovqatlaniş normasi – tahr.) boşqa hududlardan farq qiladi. Ba'zi bir hududlar odatlari boşqalardan farq qiladi. Bu narsalar (yaşaş minimumida) aks etişi kerakmi?», — degan u.

 Obid Hakimov 

«Iste'mol savatçasi» – muayyan vaqt davomida inson hayoti va uning salomatligini saqlaş uçun zarur mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarning eng kam töplami. «Iste'mol savatçasi» eng kam iş haqi va pensiyalar, bazaviy ijtimoiy tölovlar, işsizlik, bolani parvarişlaş, boquvçisini yöqotganlik nafaqalari, stipendiyalar kabi moddiy ehtiyoj miqdorlarini belgilaş uçun hisob-kitobga asos bölişi kerak.

An'anaga köra, «Iste'mol savatçasi» 3 qism – oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlardan iborat. Nooziq-ovqat tovarlariga kiyim-keçak, poyabzal, birinçi navbatda zarur bölgan buyumlar, dori-darmonlar, madaniy-maişiy va xöjalik uçun möljallangan tovarlar va hokazolar kiradi. Xizmatlar röyxatidan esa kommunal, transport xizmatlari, madaniy-ma'rifiy jabhalar örin oladi.

Odatda «Iste'mol savatçasi» aholining 3ta asosiy ijtimoiy-demografik guruhi – mehnatga layoqatli aholi, pensionerlar va bolalar uçun işlab çiqiladi. Ya'ni aholining turli qatlamlari tirikçiligi uçun zarur eng kam miqdorni belgilaşda muayyan davrda iste'mol savatçasidagi barça ne'matlarni iste'mol qiliş normalarini aniqlaş zarur. Masalan, oddiy fuqaro normal hayot keçirişi uçun har kuni iste'mol qilişi kerak bölgan oziq-ovqat mahsulotlari töplami va miqdorini hisoblaş yoki barça kommunal xarajatlarni qoplaşi uçun oyiga qança summa zarurligi aniqlanadi.