Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov Toşkentda Islom taraqqiyot banki (ITB) Boşqaruvçilar kengaşining yillik yiğilişi doirasidagi anjumanda Markaziy Osiyo davlatlari örtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş va çuqurlaştiriş masalalari haqida fikr bildirdi.

«Sönggi yillarda Özbekiston mintaqa davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. Respublikaning mintaqa davlatlari bilan savdosi (2016 yildan 2019 yilgaça) 2 barobardan ziyodga oşib,  2,5 milliard dollardan 5,2 milliard dollarga yetdi. Bu raqamlar şuni körsatadiki, Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş va integratsion özaro ta'sir ötkaziş uçun katta salohiyatga ega.

ITB metodologiyasi yordamida amalga oşirilgan hisob-kitoblar Markaziy Osiyo mamlakatlarining özaro savdoda 1,1 milliard dollarlik amalga oşirilmagan eksport salohiyati mavjudligini körsatadi. Xususan, bu oziq-ovqat mahsulotlarida 530 million dollarga, kimyo mahsulotlarida 180 million dollarga, metallurgiyada 120 million dollarga va yengil sanoatda 110 million dollarga teng.

Şu bilan birga, Özbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlariga 600 million dollardan ziyod mahsulotlarni eksport qiliş salohiyatiga ega», dedi Obid Hakimov.

Mutaxassisning qöşimça qilişiça, yaqin hamkorlik Markaziy Osiyoda sanoat va qişloq xöjaligi klasterlarini yaratişga yordam beradi, ular işlab çiqariş xarajatlarini kamaytirişda kompensatsion ta'sir körsatişi mumkin. Mintaqaviy qiymat zanjirlarini rivojlantiriş uçun transçegaraviy savdo va investitsiyalarni köpaytiriş uçun qulay şart-şaroitlarni yaratiş maqsadga muvofiqdir.