Özbekiston moliya vaziri Jamşid Qöçqorov iste'mol savatçasi va yaşaş darajasi minimumini hisoblab, e'lon qiliş uçun heç qanday muammo yöqligi, 2020 yil davomida yaşaş minimumi va minimal iste'mol savatçasiga oid raqamlar e'lon qilinişini ma'lum qildi.
«Kambağallikni qisqartiriş strategiyasi işlab çiqiladigan bölsa, iste'mol savatçasi va yaşaş darajasining minimumi qaçon belgilanişi haqidagi savolga javob berişga majbur bölamiz.
Yaşaş darajasi minimumini e'lon qiliş, töğrisi, ma'lum bir yuridik muammolarni keltirib çiqaradi. Buni oçiq aytişimiz kerak. Yaşaş minimumini hisoblab çiqdik ham deylik. 2018 yilda hisoblaganda 700 ming söm atrofida edi.
Faraz qilaylik, hozir 800 yoki 900 ming söm deb olsak, Konstitutsiyamizda pensiya va ijtimoiy nafaqalar yaşaş minimumidan kam bölişi mumkin emas deb yozib qöyilgan. Agar hozir şu raqamni e'lon qiladigan bölsak, pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oşirişimizga töğri keladi. Biroq ayni paytda biz buni oşiriş imkoniyatiga ega emasmiz, budjetimiz kötara olmaydi. YaIM kiçkina va undan taşqari [moliyaviy manbalar] heç qayerdan paydo bölmaydi. YaIMdan taşqari faqat taşqi qarz bor», deydi u.
Jamşid Qöçqorov, şuningdek, Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xöjayevning Senat yalpi majlisida senator Odiljon Iminovning şu mavzudagi savoliga javoban Rossiyada yaşaş minimumini aniqlaş va eng kam oylik miqdorini belgilaşga 10 yil ketgani, bizda ham ikkita körsatkiçni muvozanatga keltirişga bir neça yil ketişi haqidagi sözlariga ham izoh berib ötdi.
«Rossiyaga 10 yil kerak böldi degan gapning ma'nosi nima? Iste'mol savatçasi va yaşaş darajasi minimumini işlab çiqişga 10 yil ketmagan. Şu körsatkiçga yetişib olişlariga 10 yil ketgan. Ular har yili iste'mol savatçasi va yaşaş darajasi minimumi körsatkiçini ma'lum miqdorda oşirib borib, 10 yilda haqiqiy körsatkiçga tenglaşişgan.
Bu masaladayam jamiyat bilan ma'lum ma'noda kelişuvga erişişimiz kerak. Ya'ni biz aytişimiz kerakki, hurmatli hamyurtlar, bizda yaşaş minimumi miqdori 900 ming söm, lekin biz buni tölay olmaymiz. Çunki 13 mln yoşi katta aholi bor, şuning bor-yöği 5 millioni daromad soliği tölaydi, qolgani heç qanaqa soliq tölamaydi. Şuning uçun biz hozir yaşaş minimumi darajasida nafaqa yoki pensiya tölaş imkoniyatiga ega emasmiz. Iqtisodiy jihatdan ösib boraversak, yalpi içki mahsulotimiz köpayib boraversa, budjet davromadlariyam şunga yaraşa köpayib boraversa, nafaqalar miqdorini yaşaş minimumi darajasiga yetkazamiz. Bu masalada hamma – hukumat, jurnalistlar, parlament, jamoatçilik yakdil bölişi kerak», deydi vazir.












