Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kongressdagilar Trampning umrbod prezidentlik haqidagi orzusini tanqid qilishdi
Foto: CNN
AQSh Vakillik palatasi a'zolari tomonidan mamlakat prezidenti Donald Trampning prezidentlik muddati uchun cheklovni bekor qilish bo‘yicha bildirgan fikri keskin qarshi olindi. Xususan, demokrat-kongressmen Ro Hanna prezidentning Xitoy rahbari Si Jingpindan ilhomlanib bildirgan fikrlarini tanqid qildi.
«Bu hazilmi yoki yo‘q, bundan qat'i nazar, Si Jingpin kabi mamlakatni umrbod boshqarish fikri — AQSh prezidenti aytishi mumkin bo‘lgan eng antiamerikancha fikrdir. Bu gapni eshitsa, Jorj Vashington go‘rida tik turgan bo‘lardi», — deya yozgan kongressmen o‘zining Twitter sahifasida.
Bundan avvalroq CNN nashri, Xitoy hukumatining davlat rahbari lavozimida ikki muddatga qolish cheklovini bekor qilish tashabbusini «ajoyib» deb atagani haqida xabar tarqatgandi.