AQŞ prezidenti Donald Tramp öz mamlakati Isroil bilan birga Eronga qarşi olib borayotgan uruş “nihoyasiga yaqin” deb hisoblaydi. Bu haqda u Fox News jurnalisti Mariya Bartiromoga bergan intervyusida aytgan bayonotlaridan ma’lum böldi. Uşbu suhbatdan parça 15 aprel, çorşanba kuni efirga uzatilişi kerak bölgan dastur oldidan telekanal saytida e’lon qilindi.
Eron bilan uruş tugadimi, degan savolga javob berar ekan, Tramp şunday dedi: “Menimça, u… Men aralaşişimga töğri keldi, çunki agar men buni qilmaganimda, hozir siz yadroviy qurolga ega Eronni körib turgan bölardingiz. Agar ularda yadroviy qurol bölganida, siz u yerdagilarning har biriga ‘janob’ deb murojaat qilişingizga töğri kelardi, siz esa buni istamaysiz”.
Uruş tugadimi, degan savolga aniqlik kiritilib qayta murojaat qilinganda, prezident şunday javob berdi: “Menimça, u tugaşiga yaqin, ha. Nazarimda, u nihoyasiga juda yaqin”.
Trampning sözlariga köra, agar AQŞ hozirning özida öz qöşinlarini olib çiqib ketsa, Eronning tiklanişiga 20 yil kerak böladi.
“Biz hali tugatganimiz yöq. Nima bölişini köramiz”, — deb qöşimça qildi u va uning fikriça, Eron kelişuv tuzişga “juda jiddiy” yondaşayotganini ta’kidladi.
AP agentligi eslatişiça, Erondagi uruş boşlanganidan keyin Donald Tramp vaziyat ança murakkab bölgan paytlarda ham AQŞ ğalaba qozonganini bir neça bor e’lon qilgan.
Öz navbatida, AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens 14 aprel kuni Jorjiyada bölib ötgan Turning Point nomli tadbirda sözga çiqib, Trampning Eron borasidagi maqsadi “katta kelişuv” tuziş ekanini bildirdi.
Vensning aytişiça, Tramp Eronga, agar Islom Respublikasi yadroviy qurol yaratmaslik majburiyatini öz zimmasiga olsa, farovonlikni va’da qilgan.
“Biz uni (Eronni) iqtisodiy jihatdan gullab-yaşnagan mamlakatga aylantiramiz va Eron xalqini jahon iqtisodiyotiga mening butun umrim davomida kuzatmagan darajada jalb etamiz”, — deya AQŞ vitse-prezidentidan iqtibos keltiradi AP agentligi.
Avvalroq, ikki haftalik öt oçişni töxtatiş tartibi davom etayotgan bir paytda, Donald Tramp Eron bilan muzokaralar davom etişi mumkinligiga işora qildi.
“Yaqin ikki kun içida Islomobodda nimadir sodir bölişi mumkin”, — dedi u The New York Post gazetasiga telefon orqali bergan intervyusida, biroq tafsilotlarga töxtalmadi.













