Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQSh prezidenti lavozimi umrbod berilishi g‘oyasini bildirdi
Foto: Chip Somodevilla-Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy hukumatining davlat rahbari lavozimida ikki muddatga qolish cheklovini bekor qilish tashabbusini “ajoyib” deb atadi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
Trampga Xitoy raisi Si Tszinpinning bu boradagi g‘oyasi ma'qul kelgan. “Endi u (Si Tszinpin) umrining oxirigacha rais bo‘lib qoladi. Butun umrga rais. U ajoyib. Qarang, u buni qila oldi. Fikrimcha, bu ajoyib g‘oyadir. Balki, biz ham buni qachondir qilib ko‘rarmiz”, deb aytgan Tramp Floridadagi tadbirda.
26 fevralda Xitoy kompartiyasi markaziy qo‘mitasi mamlakat konstituttsiyasiga ba'zi o‘zgartirishlarni kiritish taklifini ko‘rib chiqdi. Butunxitoy xalq vakillari yig‘inining mart oyida o‘tadigan sessiyasida bir kishiga Xitoy raisi lavozimini 2 muddatdan ko‘proq egallash imkoniyatini beruvchi tuzatmalar qabul qilinishi taxmin qilinmoqda. Bu amaldagi rais Si Tszinpinga 2023 yil, ya'ni ikkinchi muddati yakunlangandan keyin ham o‘z lavozimida qolish imkonini beradi.
Mavzuga oid
19:42 / 29.12.2025
Tayvan - Xitoy biqinidagi «porox bochkasi»
13:56 / 29.12.2025
Xitoy Tayvan atrofida mashg‘ulot boshladi: harbiylar orolni blokada qilishni sinovdan o‘tkazadi
19:11 / 28.12.2025
Xitoy AQShning 20ta kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
19:33 / 27.12.2025