Avvalroq Italiya hukumati rahbari, ilgari Trampga xayrixoh deb baholangan Jorja Meloni, AQŞ prezidentining Rim papasi Lev XIV haqidagi bayonotlarini ham “qabul qilib bölmaydigan” deb atagan edi.

Maqolada qayd etilişiça, Tramp Corriere della Sera bilan suhbatda şunday degan: “U (Meloni) şunçaki Italiya bunga aralaşişni istamaydi, deydi. Hatto Italiya neftini öşa yerdan olsa ham, hatto Amerika Italiya uçun juda muhim bölsa ham. U Italiya bunga aralaşişi kerak, deb hisoblamaydi. Amerika bu işni uning örniga qilişi kerak, deb öylaydi”.

11 aprel kuni butun dunyoda tinçlik uçun ötkazilgan ibodat marosimi çoğida pontifik uruş olib borayotgan davlatlar rahbarlarini töxtaşga va muzokaralar stoli atrofiga ötirişga çaqirgan, “qayta qurollaniş rejalaştiriladigan va halokatli harakatlar haqida qarorlar qabul qilinadigan stol atrofiga emas”.

Şundan söng, 13 aprelga ötar keçasi Donald Tramp özining Truth Social tarmoğida şunday deb yozdi: “Menga Eron uçun yadroviy qurolga ega bölişni normal deb hisoblaydigan Papa kerak emas. Menga Amerika Venesuelaga hujum qilganini dahşatli deb hisoblaydigan Papa kerak emas, axir u mamlakat AQŞga ulkan miqdorda giyohvand moddalar yetkazib bergan va bundan ham yomoni, öz qamoqxonalaridagi mahbuslarni, jumladan qotillar, narkosavdogarlar va jinoyatçilarni mamlakatimizga yuborgan. Şuningdek, menga Amerika Qöşma Ştatlari prezidentini tanqid qiladigan Papa ham kerak emas, çunki men aynan şu işlarni bajariş uçun saylanganman”.

Bundan taşqari, Tramp Rim papasi Lev XIVni “jinoyatçilik masalasida ojiz” va “taşqi siyosatda dahşatli” deb atadi.

14 aprel kuni Corriere della Seraga bergan izohida Donald Tramp Jorja Meloni haqida yana keskin fikr bildirdi: “Qabul qilib bölmaydigan odam — aynan özi, çunki unga Eronda yadroviy qurol bor-yöqligi baribir, agar şunday imkoniyat bölsa, Eron Italiyani ikki daqiqada portlatib yuborardi”.

Şu bilan birga, Tramp özi Meloni bilan ança vaqtdan beri gaplaşmaganini ham tan oldi, “çunki u bizga NATO böyiça yordam berişni istamaydi, yadroviy quroldan xalos bölişimizga yordam berişni istamaydi”.

“U men öylagandek emas ekan”, — dedi Tramp afsus bilan.

Avvalroq u Italiya boş vazirini “döst”, “buyuk lider” va “doim yordam berişga intiladigan inson” deb atagan edi.

Ayni intervyuda AQŞ prezidenti “Italiya avvalgidek mamlakat bölib qolmaydi” degan fikrni ham bildirdi va “immigratsiya Italiyani ham, butun Yevropani ham yemirmoqda”, dedi.

“Yevropa özining migratsiya va energetika siyosati tufayli iç-içidan özini özi vayron qilmoqda”, — deya ta’kidladi Tramp.