Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Isroil samolyotlari uchun havo sarhadlarini yopdi va savdo aloqalarini uzdi
Hoqon Fidanning ta’kidlashicha, turk kemalari Isroil portlariga va Isroil samolyotlari Turkiya havo sarhadlariga kiritilmaydi. Reuters’ga ko‘ra, havo hududiga doir taqiq «Isroil hukumatining rasmiy parvozlari va Isroilga qurol yoki o‘q-dori olib borayotgan parvozlarga” taalluqli. Tranzit tijoriy parvozlar bundan mustasno.
Foto: Anadolu Agency
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan mamlakat Isroil bilan iqtisodiy aloqalarni to‘xtatganini ma’lum qildi.
“Isroil ikki yildan buyon butun dunyo ko‘z o‘ngida asosiy inson qadriyatlariga ko‘z yumib, G‘azo sektorida genotsid jinoyatlarini sodir etmoqda. Biz falastinliklarni G‘azodan quvuvchi rejaga qarshimiz. Qanday reja taklif etilmasin, bu biz uchun amal qilmaydi”, dedi u Turkiya Buyuk millat majlisida qilgan chiqishida.
Fidanning ta’kidlashicha, "Agar Isroilning Falastinga, ayniqsa G‘azoga telbavor hujumlar qilishiga imkon beriladigan bo‘lsa, bu nafaqat falastinliklar orasida, balki butun dunyoda yong‘in kelib chiqishiga olib keladi”.
“Biz Isroil bilan savdoni butunlay to‘xtatdik. Turk kemalari Isroil portlariga kirishiga izn bermaymiz. Isroil samolyotlari bizning havo sarhadlarimizga kirishiga ruxsat bermaymiz”, deb ta’kidladi Turkiya tashqi ishlar vaziri.
Avvalroq Turkiyaning barcha 81 viloyatida ehtimoliy urush vaqtida saqlanish uchun bombapanohlar qurish boshlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:51 / 26.12.2025
Isroil dunyoda birinchi bo‘lib Somalilend mustaqilligini tan oldi
20:52 / 25.12.2025
Falastinni parchalash: G‘arbiy sohil xaritasi qanday o‘zgaryapti?
19:47 / 25.12.2025
Belgiya Isroilga qarshi genotsid ishi bo‘yicha xalqaro sudda ochilgan da’voga qo‘shildi
13:45 / 24.12.2025