Hududlar kesimida bu borada eng köp qoidabuzarlik Toşkent viloyati (215764 ta), Toşkent şahri (163383 ta) Samarqand (109205 ta) va Farğona (161879 ta) viloyatlarida kuzatilgan. Eng kam körsatkiç Qoraqalpoğiston Respublikasi (30534 ta), Xorazm (29209 ta) va Navoiy (22346 ta) viloyatlarida qayd etilgan.
Tibbiy niqob taqmagani uçun 2020 yil 16 martdan 2021 yil 18 iyulgaça Qaşqadaryoda – 80833, Namanganda – 79270, Surxondaryoda – 58807, Andijonda – 56544, Sirdaryoda – 50748, Buxoroda – 42948, Jizzaxda – 38402 nafar şaxs jarima tölagan.
Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buziş)ga köra, karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar paydo bölişi hamda tarqalişi şaroitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravişda jamoat joylarida niqobsiz böliş bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravarigaça (245 ming sömdan 1 mln 225 ming sömgaça) miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Tibbiy niqob taqmagani uçun ma'muriy javobgarlikka tortilgan özbekistonliklar tölagan jarimalar miqdori ma'lum emas. 1 mln 139 ming 872 nafar kişining barçasi bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravari miqdorida jarimaga tortilgan, deb taxmin qilsak, tölangan jami jarima summasi eng kamida 279 mlrd 268 mln 640 ming sömni taşkil etadi. Ayrim huquqbuzarlar bazaviy hisoblaş miqdorining ikki yoki undan yuqori baravari miqdorida javobgarlikka tortilganini inobatga olsak, jami jarima miqdori ança yuqori bölişi mumkin.
Avvalroq, pandemiya davrida karantin qoidalariga amal qilmagani uçun 1 mln 163 ming 27 nafar şaxs ma'muriy javobgarlikka tortilgani ma'lum qilingandi.


















