Toşkent şahrida – 170771ta, Toşkent viloyatida – 217341ta, Jizzax viloyatida – 39071ta, Buxoro viloyatida – 43445ta, Samarqand viloyatida – 113269ta, Qaşqadaryo viloyatida – 82273ta, Surxondaryo viloyatida – 58977ta, Xorazm viloyatida – 30830ta, Sirdaryo viloyatida – 51479ta, Farğona viloyatida – 162316ta, Navoiy viloyatida – 23032ta, Andijon viloyatida – 56812ta, Namangan viloyatida – 82281ta, Qoraqalpoğiston Respublikasida 31130ta holatda fuqarolar karantin qoidalarini buzişgan. Bu karantin tadbirlari boşlangan 2020 yil 16 martdan buyon 2021 yil 18 iyulgaça bölgan raqamlardir.

Qonunbuzarlik holatlarining 868 687tasi içki işlar organlari, 274 152tasi Milliy gvardiya, 20 183tasi hozirgi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati, 5tasi boşqa organ tomonidan aniqlangan. Huquqbuzarlarning 1 mln 53 ming 397 nafari erkak, 109 ming 630 nafari esa ayollardir.

Karantin qoidalarini buzganlarning 490 nafari Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 53-moddasi (Sanitariya qonunçilikni buziş), 1 139 872 nafari 54-moddaning 1-qismi (Epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buziş), 22338 nafari 54-moddaning 2-qismi, 7 nafari 462-modda (Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisidagi qonunçilikni buziş), 320 nafari boşqa moddalar bilan javobgarlikka tortilgan.

Uşbu şaxslarning 993038 nafari jarimaga tortilgan, 2791 nafariga nisbatan ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan, 181106 nafari esa karantin qoidalarini buzmaslik haqida rasmiy ogohlantirilgan.

Koronavirus bilan kasallaniş holatlari köpayib borayotgani ortidan Özbekistonda karantin çeklovlari kuçaytirilgan. Joylarda içki işlar organlari tomonidan «Karantin-reyd» tadbirlari ötkazilib, karantin qoidalari va çeklovlariga amal qilmayotgan jismoniy va yuridik şaxslar javobgarlikka tortilmoqda.