Bir necha oy avval biz bilan suhbatlashgan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisi Komil Allamjonov hozirgi zamon matbuotining ajralmas qismi bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlarga doir qonunchilikdagi o‘zgarishlar va xorijiy mulkdorlarga qo‘yilayotgan talablar haqida gapirib o‘tgan edi.

«Aslida har bir davlat fuqarolarining ma'lumotlar bazasi o‘sha davlatning o‘zida bo‘lgani to‘g‘ri. Masalan, Facebook’dagi O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma'lumotlari joylashgan serverlari o‘zimizda bo‘lishi to‘g‘ri. Xuddi shunaqa boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham.

Lekin, bu qanchalik ular [xorijdagi mulkdorlar] uchun iqtisodiy tarafdan ma'qul narsa? Bu katta savol. Chunki sizni hech kim Facebook, Instagram yoki Twitter’ga majburlab kirgizmaydi. Ular servisni yaratdi va hammaga imkoniyatni teng qilib qo‘ydi. Xohlang kiring, xohlamasangiz yo‘q, aslida.

Ushbu dasturlarga kirib foydalanayotgan har bir insonning telefonida ilovalarni o‘rnatishdan avval, rasmlar, kontaktlar, joylashuv va boshqa ma'lumotlar uchun dostup so‘raladi. Biz tushunmasdan rasm yuborishim uchun kerakdir deb rozilik berib yuboramiz, aslida ilova rasmlaringizdan tortib barcha shaxsiy ma'lumotlaringizni olib chiqib ketishga huquqi bor.

Barcha fuqarolarning shunday ma'lumot bir joyda jamlanganidan keyin bu katta bir qurolga aylanadi. Bu har qanday davlatga nisbatan ularning imkoniyatlari va ta'sir kuchini oshiradi. Shu kabi xavfsizlik nuqtai nazaridan ham [serverlarning] O‘zbekistonda bo‘lishi muhim.

Lekin, bu qonun bo‘lishi va ishga tushishini sal ertaroq deb hisoblayman. Chunki bunday qonunni chiqarib, uni amalga oshirishimizdan oldin, o‘zimizda shularga nisbatan alternativ resurslarni yaratib olishimiz kerak edi. Masalan, Rossiyada ham shu qonun bor, matbuotda o‘qiyapmiz, hozir ularda shu mavzuda «jang»