Bu tarmoqlar – Mail.ru Group kompaniyasining Vkontakte, Twitter kompaniyasining Twitter hamda Tencent-Inc kompaniyasining WeChat ijtimoiy tarmoqlaridir.

«Holat yuzasidan «Özkomnazorat» tomonidan «Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida»gi qonunning 27-1-moddasi talablariga rioya etilişini ta'minlaş çoralarini köriş böyiça Mail.ru Group, Twitter Inc va Tencent-Inc kompaniyalariga körsatmalar berildi», – deyiladi rasmiy xabarda.

Kun.uz Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasi («Özkomnazorat»)dan olgan ma'lumotga köra, boşqa xorijiy kompaniyalar qatori yuqoridagi 3 ta xorijiy mulkdorlarga şu yilning fevral oyidan buyon «Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida»gi qonunning 27-1-moddasi talablariga rioya etilişini sörab bir neça marotaba xat çiqarilgan. Lekin, kompaniyalar şaxsiy ma'lumotlarga işlov berişda ularni saqlovçi serverlari jismonan Özbekiston hududida bölişi hamda şaxsga doir ma'lumotlarni davlat reyestri röyxatiga kiritişga doir qonunçilik talablarini buzişgan va sörovlarga e'tibor qilişmagan.

Eslatib ötamiz, Qonunçilik palatasi deputatlari «sönggi yillarda ijtimoiy tarmoqlar va internet kompaniyalarga turli xil kiberhujumlar uyuştirilişi oqibatida millionlab insonlar, qolaversa Özbekiston fuqarolarining şaxsiy ma'lumotlari ham öğirlanayotgani»dan xavotir bildirib, qonunçilik talablarini öz vaqtida va sifatli bajariş böyiça Vazirlar Mahkamasi va Davlat personallaştiriş markaziga talab qöygan.

«Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida»gi qonunga yangi qöşilgan 27-1-moddada şunday deyiladi:

«Mulkdor va (yoki) operator Özbekiston Respublikasi fuqarolarining şaxsga doir ma'lumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda işlov berişda, şu jumladan internet jahon axborot tarmoğida işlov berişda ularning jisman Özbekiston Respublikasi hududida joylaşgan texnik vositalarda hamda belgilangan tartibda Şaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reyestrida röyxatdan ötkazilgan şaxsga doir ma'lumotlar bazalarida yiğilişini, tizimlaştirilişini va saqlanişini ta'minlaşi şart».

Hozir bu talab ijrosi yuzasidan işçi guruh tuzilib, Vazirlar Mahkamasining 255-sonli qarori va unga ilova tariqasida Nizom qabul qilingan. Nizom ilovasida Özbekiston fuqarolarining şaxsiga doir ma'lumotlariga işlov berişning alohida şartlarini buzgan mulkdor va operatorlarni