Rossiya 422-sonli ma'muriy sud protokoliga asosan, Google va Facebook Rossiyada ommaviy axborot vositalari va aloqa regulyatori tomonidan söralgan taqiqlangan kontentni olib taşlamagani uçun 20 million rubl (267 ming dollar) jarimaga tortildi, Twitter esa şunga öxşaş qoidabuzarlik uçun 24 million rubl (320 ming dollar) miqdorida jarima tölaydi.

«Sudga Google va Facebook’ning faoliyatiga doir 5ta murojaat kelib tuşgan va kompaniyalar axborot resursidagi ma'lumotni öçirib taşlamaslik hamda internet tarmoğidagi xabarlarni olib taşlaş majburiyatini bajarmagani sababli Rossiya Ma'muriy kodeksining 13.41-moddasi 2-qismi böyiça ayblanmoqda. Twitter faoliyati böyiça esa şunga öxşaş 6ta şikoyat arizasi kiritilgan», deyilgan bayonotda.

Rossiya ommaviy axborot vositalarini nazorat qiliş uyuşmasi ma'lumotiga köra, ijtimoiy tarmoqlarda yanvar-fevral oylarida ötkazilgan ruxsatsiz va noqonuniy tadbirlarda qatnaşişni rağbatlantiruvçi 2500dan ortiq holat kuzatilgan. Uşbu qoidabuzarlik yuridik şaxslar uçun 800 mingdan 4 million rublgaça jarimaga olib keladi. Takroriy huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, jarima kompaniyaning umumiy yillik daromadining öndan biriga köpaytirilişi belgilangan.

Avvalroq, Moskvaning Taganskiy sudi Twitter’ni noqonuniy axborotni tizimli ravişda öçirmasdan kelgani uçun bir kun içida uç marta jarimaga tortgani ma'lum qilingandi. Jarimalarning umumiy miqdori 8,9 mln rublni taşkil etgan.

Şuningdek, Rossiya federal antimonopol xizmati Apple kompaniyasini 906 million rubl (12 million dollar) jarimaga tortgani xabar qilingandi. Jarima kompaniya Rossiyaning monopoliyaga qarşi qonunçiligini buzgani uçun belgilangan.