O‘zbekiston | 11:19 / 20.05.2026
5074
2 daqiqa o‘qiladi

Metroda yurganda masofadan kelib chiqib to‘lov qilish tizimiga o‘tiladi

Yo‘lkira haqini to‘lashning yangicha tizimida quyidagi majburiy tamoyillar aks etadi: yo‘lovchi bosib o‘tgan masofasi yoki bekatlar soniga qarab haq to‘laydi, muayyam aholi qatlamlariga imtiyozlar beriladi, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida kunlik, haftalik va oylik abonementlar yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: Kun.uz

Toshkent metropolitenida yo‘lkira haqini to‘lashning yangicha tizimi joriy etiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarorida ko‘zda tutilgan.

 Yo‘lkira haqini to‘lashning yangicha tizimida quyidagi majburiy tamoyillar aks etadi:

 — yo‘lovchi bosib o‘tgan masofasi yoki bekatlar soniga qarab haq to‘laydi;

— muayyam aholi qatlamlariga imtiyozlar beriladi;

— yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida kunlik, haftalik va oylik abonementlar yo‘lga qo‘yiladi.

Yangi tizimni 2027 yil 1 yanvardan boshlab amaliyotga tatbiq etish nazarda tutilgan bo‘lib, tegishli takliflar olti oy muddatda "Toshkent metropoliteni" AJ kuzatuv kengashi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi lozim.

Avvalroq, Toshkent metropolitenida yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida metro bekatlarida vending apparatlari va kichik savdo nuqtalarini joylashtirish rejalashtirilayotgani xabar qilingandi. Bu choralar 2028 yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid