Yo‘l-transport hodisasini huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi ishtirokisiz rasmiylashtirish tartibi joriy etilishi mumkin
![](https://storage.kun.uz/source/6/G-18eYSVIOtEn-DIyuyMWKjM-R0KKUkk.jpg)
Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Loyihada Vazirlar Mahkamasining Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
Jumladan, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalarning 2-bandida Yo‘l-transport hodisasi haqidagi bildirishnoma tushunchasiga ta'rif berilmoqda. Qoidalarning 11, 34, 34-1 37 va 38-bandlari yo‘l-transport hodisani huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimi ishtirokisiz rasmiylashtirishga oid qoidalar bilan to‘ldirilmoqda.
Xabarnoma blankasini tuzish orqali yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida hujjatlarni huquqni muhofaza qilish organlari xodimi ishtirokisiz rasmiylashtirish tartibini belgilash maqsadida Qoidalar 5-1 bob bilan to‘ldirilmoqda. Yo‘l-transport hodisasi haqidagi bildirishnoma blankasi namunasi qoidalarga 7-ilova bo‘lib kiritilmoqda.
Tan jarohati bilan bog‘liq bo‘lmagan yo‘l-transport hodisalarini huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi ishtirokisiz bildirishnoma tuzish orqali rasmiylashtirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) agar yo‘l-transport hodisasi ikkita transport to‘qnashuvi natijasida sodir bo‘lsa (shu qatori tirkamali transport vositalari), shuningdek transport vositalari egalarining fuqarolik majburiyatlari mazkur qonunga asosan sug‘urtalangan bo‘lsa;
b) yo‘l-transport hodisasi natijasida transport vositasi shikastlanishi bilan bog‘liq sharoitlar, shikastlanish ta'rifi va ro‘yxati yo‘l-transport hodisasi ishtirokchilari o‘rtasida kelishmovchiliklarni (nizolarni) keltirib chiqarmasa va bu sharoitlar yo‘l-transport hodisasiga daxldor transport vositalari haydovchilari tomonidan to‘ldirilgan bildirishnomada majburiy sug‘urtalash qoidalariga asosan aks ettirilsa.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida jabrlanuvchining hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan bo‘lsa, yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi hujjatlar umumiy tartibda ko‘rib chiqiladi va bu holatda bildirishnoma to‘ldirilmaydi.
Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi haqidagi bildirishnomani (Yevroprotokol) amaliyotga joriy etilishi munosabati bilan birinchi navbatda yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari va haydovchilar o‘rtasidagi bevosita muloqotni amalga oshirishda “inson omili”ga va ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yiladi va fuqarolarning ortiqcha sarsongarchiliklar oldi olinadi.
Ta'kidlanishicha, har bir sodir etilgan yo‘l-transport hodisasini rasmiylashtirish uchun yo‘l-patrul xizmati inspektorlarining o‘rtacha 2-3 soat vaqtini tejalishi orqali tan jarohati bilan bog‘liq YTHlar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish sifat darajasini oshirish, shuningdek, avtomobil yo‘llardagi tirbandliklarning oldini olishda samara beradi.
Tavsiya etamiz
Tramp Putin va Zelenskiy bilan qo‘ng‘iroqlashdi. Asosiy ma’lumotlar
Jahon | 13:32
Toshkent bozorlarida patta narxi oshadi. Savdogarlar nima deydi?
O‘zbekiston | 19:32 / 10.02.2025
Sertifikatga ega o‘zbek tili o‘qituvchilariga ham 50 foiz ustama beriladi
O‘zbekiston | 16:36 / 10.02.2025
Quyosh energiyasi orqali daromad olish: O‘zbekistonda quyosh panellari bilan biznes faoliyati
O‘zbekiston | 15:00 / 10.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xaridlarni qanday tejash mumkin? GoBozor o‘zbekistonliklar uchun foydali yechimlarni taklif etadi!
Jamiyat | 19:00
-
Samarqandda avtobus ag‘darilishi oqibatida 22 kishi jarohatlangani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 18:59
-
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ilk bor 13 000 so‘mdan oshdi
Iqtisodiyot | 18:32
-
Tramp va Putin urushni tugatishni 1,5 soat muhokama qildi
Jahon | 18:32
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/mCEfkYnvAqgUYiDNp0GGF5xvOkHxDG2Q_medium.jpg)
14:53 / 11.02.2025
Atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun majburiy sug‘urta joriy etiladi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/-IOLRtpTs4Rf0JRa_VnFZ2Am5EVP-pFe_medium.jpg)
10:36 / 03.02.2025
Xorazm viloyati Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi 80 ming dollar bilan ushlandi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/4zVlqUKTfeKDrjJwLKYi54zfee9wLM_8_medium.jpg)
12:15 / 02.02.2025
2024 yilda havo transporti va temiryo‘l orqali jo‘natilgan yo‘lovchilar soni ma’lum qilindi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/QfheJgJGToKpkA6w7S5V08rD5iPqejpB_medium.jpg)
10:42 / 01.02.2025