2024 yil davomida Özbekistonda 9364 ta yöl-transport hodisasi rasman qayd etilgan bölib, şundan 3045 tasi (32,5 foiz) yuk va yölovçi taşişni amalga oşiruvçi transport vositalari bilan boğliq. Bu haqda Qonunçilik palatasining majlisida transport vaziri Ilhom Mahkamov ma’lum qildi.
Yuk va yölovçi transporti iştirokidagi YTHning umumiy sonidan:
- eng köp holatlar Damas mikrovenlari (jamoat transporti sifatida keng qöllaniladi) uluşiga töğri keldi — 1592 (52,3 foiz);
- yuk transportlari — 558 ta holat (18,3 foiz);
- avtobuslar — 137 ta holat (4,5 foiz);
- mikroavtobuslar — 29 ta holat (0,95 foiz).
Hisobotda alohida ta’kidlanişiça, 351 ta YTH (3,7 foiz) haydovçilar iş va dam oliş rejimiga rioya qilmagani sababli rulda uxlab qolgani ortidan sodir bölgan. Bunday avariyalar oqibatida 189 kişi halok bölgan, 285 kişi jarohat olgan.
Avtomobilni boşqariş paytida uxlab qoliş dunyodagi yöl-transport hodisalarining eng köp uçraydigan sabablaridan biridir. Haydovçilarga fojiali oqibatlarga yöl qöymaslik uçun, ayniqsa, uzoq safarlarda dam oliş tartibiga rioya qiliş tavsiya etiladi.












