Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqda o‘tkaziladigan vaqtni nazorat qilishda yordam beradi
Facebook va Instagram foydalanuvchilarga ijtimoiy tarmoqqa qancha vaqt sarflanganini bilish va uni nazorat qilishga yordam beruvchi yangi imkoniyatlarni taqdim etdi, deyiladi ijtimoiy tarmoqlar vakillarining bayonotida.
"Bugun biz odamlarga Facebook va Instagram’da o‘tadigan vaqtni nazorat qilish imkonini beruvchi yangiliklarimizni e'lon qilamiz: faollik paneli, kunlik eslatmalar va xabarnomalar miqdorini cheklashning yangi usuli", — deyiladi Instagram va Facebook vakillari Amit Reneydiv va Devid Ginzbergning qo‘shma bayonotida.
Foydalanuvchilar "faollik paneli"da qancha vaqtini ijtimoiy tarmoqda o‘tkazayotganini bilishlari va cheklov o‘rnatib, tarmoqda o‘tirish vaqti tugaganini bildiruvchi eslatma o‘rnatishlari mumkin. Bundan tashqari, ma'lum bir vaqtga xabarnomalar kelishini to‘xtatib turish mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar vakillari mazkur yangiliklar ruhiy salomatlik sohasidagi olimlar, ekspertlar va tashkilotlar bilan hamkorlikda kompaniyaning keng miqyosdagi tadqiqotlari asosida ishlab chiqilganini bildirishmoqda.
Ular yangi imkoniyatlar odamlarga ijtimoiy tarmoqda o‘tkazadigan vaqtlarini yaxshiroq nazorat qilishlariga yordam beradi degan fikrdalar.
Mavzuga oid
08:04 / 08.05.2026
Instagram «Buyuk tozalash»ni o‘tkazdi: millionlab soxta obunachilar o‘chirildi
21:24 / 31.03.2026
Instagram o‘zining pulli obunasini sinovdan o‘tkazishni boshladi
22:58 / 10.02.2026
«Qaramlik mashinalari» - Instagram va YouTube ustidan sud jarayoni boshlandi
12:55 / 12.01.2026