Özbekistonda xizmat vazifasini bajarayotgan YPX xodimlarini foto va videoga olib, ularning ruxsatisiz internetda tarqatiş taqiqlanişi közda tutilgan hukumat qarori loyihasi köplab muhokamalarga sabab bölmoqda.
Legalclinic yuridik klinikasi yuristi Madina Tursunova ham bu borada fikr bildirdi.
“Yöl-patrul xizmati xodimlarining yöl harakati qatnaşçilari bilan özaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanişi tartibi töğrisidagi nizomga qöşimça kiritiş töğrisidagi qaror loyihasi e’lon qilindi.
Madina Tursunovaning fikriça, barça loyihalar jamoatçilik muhokamasiga tuzatiş kiritiş zarurligi asoslanmagan holda havola qilinadi.
“Nega? Asos qani? Tuzatiş kiritişning jamiyat va fuqarolar uçun qanday ijobiy ta’siri bor? Heç kimga keraksiz va heç kimni qiziqtirmayotgan jamoatçilik nazorati nima böladi?
Xodimning behuş holdagi fotosi tarqalgan vaziyat yuz bergandi, ammo tartibbuzarni topişdi va MAVJUD ma’muriy va jinoiy javobgarlik normalari doirasida jazolaşdi.
YPX xodimlariga bunday ustuvor huquq berilişining sababi nimada? Nima uçun jamoatçilik nazorati hamda jamoatçilik qiziqişi, noroziligiga sabab bölib kelayotgan huquqni himoya qiliş tizimi faoliyatining oçiqligini ta’minlaş masalasi hisobga olinmayapti?
Aftidan, endi keç va qöşimçani zudlik bilan qabul qilişadi, ammo bir neçta AMMOlar bor, qöşimça yuqoriroq yuridik kuçga ega normativ-huquqiy hujjatlarga ziddir. Ha, yuqori minbarlarda turib gapirilayotgan oçiqlik va korrupsiyaga qarşi kuraş siyosatiga zid.
1. Taqiqlaşning sababi nimada? YPX xodimlari xizmatni köçada, ya’ni şaxsiy hayot daxlsizligini himoya qiliş tamoyillari amal qilmaydigan jamoat joylarida olib boradi.
2. Xodimlar xizmat vaqtida nimadan qörqişadi? Agar barça harakatlari qonun doirasida bölsa, nima uçun xodimni tasvirga oliş va bu tasvirni joylaştiriş mumkin emas? Kimni kimdan himoya qilişmoqçi?
3. Huquqiy demokratik davlatlarda huquq-tartibot organlari va amaldorlarga nisbatan alohida qoidalar va ularning şaxsiy hayotini himoya qiliş darajasi amal qiladi, çunki bu yerda jamoatçilik nazorati ta’minlanişi şart, boşqa yöli yöq. Bizda esa xodimni xizmat vaqtida tasvirga oliş taqiqlanmoqda. Odatdagidek, qonuniy hujjatga heç qanday aniqlik kiritmasdan, istisnolarsiz, tuşuntirişlarsiz tuzatiş kiritilmoqda.













