
Özbekistonda xizmat vazifasini bajarayotgan YPX xodimlarini foto va videoga olib, ularning ruxsatisiz internetda tarqatiş taqiqlanişi mumkin. Şu mazmundagi hukumat qarori loyihasi internet foydalanuvçilarining tanqidiga uçradi.
Kun.uz mavzu yuzasidan ijtimoiy tarmoq faollari bildirgan fikrlar va ularga içki işlar vazirining matbuot kotibi bergan javobni havola etadi. Avvaliga esa bu mavzuning ikki muhim jihatiga e’tibor qaratiş lozim:
- Bu loyihaga asos bölgan, prezidentning “Içki işlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qiliş tizimini yanada yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida” 2022 yil 8 fevraldagi PQ–118-son qarori oçiq manbalarda yöq.
- Içki işlar vazirligi YPX xodimlarining tasvirini ularning roziligisiz internetga çiqarişni taqiqlaşga oid hukumat qarori loyihasi muhokamaga qöyilgani haqida öz saytida ham, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ham e’lon qilgani yöq.
“Kasalni yaşirgan bilan isitmasi oşkor qiladi”
Sarvar Qurbonov, Energomenejer Telegram-kanali muallifi:
— Agar davlat xizmatçisi öz vazifasini halol va vijdonan bajarayotgan bölsa, fuqarolar uning faoliyatini yoki u bilan muloqot jarayonini videoga olsa, bu faqat va faqat xodimning foydasiga xizmat qiladi. Qaçonki, u qonun doirasida harakat qilayotgan, qonundan taşqariga çiqmayotgan bölsa. Xodim özini munosib tutgan bölsa, video tarqalgan taqdirda ham unga heç qanday “minus” bölmaydi.
Fuqaro qaysidir davlat xizmatçisini videoga olib tarqatyaptimi, demak, u nimadandir qoniqmagan yoki unga nisbatan adolatsizlik qilgan bölişi mumkin. Hukumat qarori bilan davlat xizmatçisining xizmat faoliyati videoga olinişi va uşbu tasvirlarning internetda tarqatilişini taqiqlaşga harakat qilinayotgani qandaydir sirlar oçilib ketişining oldini oliş, deb tuşuniş mumkin.
















