— Mahalliy içki yöllar yaxşilanib boryapti. Lekin magistral yöllardan sayyohlar, yuk maşina haydovçilari köp norozi bölib ketganiga guvoh bölamiz. Yöllar nega bu ahvolga keldi?

— «Avtomobil yöllari töğrisida»gi qonun böyiça yöllar uçga bölinadi: umumiy foydalanişdagi yöllar, şaharlar va boşqa aholi punktlari yöllari va xöjalik avtomobillar uçun yöllar. Bularning har birining egasi bor. Umumiy foydalanişdagi yöllarga Avtomobil yöllari qömitasi egalik qiladi va ta’mirlaş, quriş, saqlaşga javobgar. Xöjalik yöllari jismoniy va yuridik şaxslar hisobida bölişi mumkin. Şaharlar va boşqa aholi punktlari yöllari mahalliy hokimiyat idoralari tasarrufida böladi.

2017 yilda Harakatlar strategiyasi doirasida prezident qarori bilan Avtomobil yöllari qömitasi taşkil qilindi. Bundan közlangan asosiy maqsad umumiy foydalanişdagi yöllar sifatini rivojlantirgan holda mintaqaviy avtomobil yöllari va şaharlar, aholi punktlari yöllari qurilişiga ham e’tibor beriş. Umumiy yagona yöl siyosatini olib boruvçi idora sifatida qaralyapti qömitaga. Unga ikki turdagi yöllarga ham qaraş vazifasi yuklatildi. Hamma e’tibor şahar yöllariga qaratilib, taşkilotning öz balansidagi yöllarga e’tibor tuşib ketdi. Oxirgi 3-4 yilda tayinli qiş mavsumini körmadik. Ötgan yilgi bahor va bu yilgi qiş mavsumida aniq kördikki, biz töğri yönalişda emasmiz. Özi 2017 yilgaça ham yöllarimiz maqtanadigan emasdi. Faqat saqlab kelayotgandik.

— Davlat budjetidan har yili trillionlab mablağ ajratiladi. Qismlarga böladigan bölsak, mutaxassislar oylik maoşlari, sohadagi boşqa xarajatlarga ketadi va qaysidir qismi yöl qurilişi, ta’mirlaşi uçun işlatiladi. Bundan taşqari, har yili moliya taşkilotlari mablağlarini jalb qiliş közda tutiladi. Biz yöl böyiça qaysi bosqiçdamiz va qaysi bosqiçga ötişimiz kerak?

— Eng katta yutqazayotgan tomonimiz sonlar izidan quvayotganimiz. Bir yilda bunça yöl ta’mirlandi, bunçasi qurildi, deymiz. Nazarimda, bu töğri emas. Eng muhimi qança yölni xalqaro standartlar darajasida ta’mirlaganimiz va qurganimiz, degan savolni örtaga qöyiş kerak. Sifat böyiça mentalitet şakllanişi va har bir xodim sifat haqida öylaşi zarur. Xalqaro standartlarga keladigani bölsak, biz juda orqadamiz bu böyiça. Hozirgi kunda biz sinayotgan metodlar, qorişmalar iqlimimizga mutlaqo mos emas. Eski metodlardan foydalanib kelinyapti. Bu narsalar nima bilan, kim bilan boğliqligi menga qoronği.