Iqtisodiyotning xizmatlar körsatiş sohasiga 35 trillion sömlik kömak berildi, bu mamlakat tarixida uşbu sohaga ajratilgan eng köp mablağ hisoblanadi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev xizmat körsatiş sohasini rivojlantiriş masalalari böyiça videoselektor yiğilişida ma’lum qildi. 

«Bu sohaga 500 mln dollar pul ajratyapmiz. Qiyin payt bölişiga qaramay şunday qilyapmiz. Endi bu mablağdan samarali foydalaniş zarur. Har bir rahbardan şuni talab qilamiz.

Bugungi selektorda hududlarda xizmat körsatiş sohasini rivojlantiriş böyiça, joriy yilda amalga oşiriladigan ustuvor vazifalarni belgilab olamiz.
Pandemiyaning salbiy ta’siri köproq xizmatlar va servisga töğri kelgani bois, uşbu sohadagi tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş uçun 24ta turdagi soliq imtiyozlari, subsidiya va boşqa preferensiyalar taqdim etiş orqali 35 trillion sömlik kömak berildi. Tariximizda bunaqa mablağ ajratilmagan», deydi davlat rahbari.

Berilgan yengilliklar ham tadbirkorlar, ham banklar uçun katta imkoniyat bölgani, masalan, ötgan yili tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturlari doirasida xizmat sohasiga 1 trillion söm imtiyozli kredit resurslari ajratilgani qayd etilgan.

Bundan taşqari, tijorat banklari öz mablağlari hisobidan sohaga qöşimça yana 14 trillion söm kreditlar ajratgani ham aholining xizmatlar bozoriga qiziqişi yuqoriligi, hali bu sohada imkoniyatlar köpligidan dalolat beradi. 

Keng imtiyozlar berilgani natijasida, servis sohalarida özini özi band qilgan 500 ming nafar fuqarolar rasmiy röyxatdan ötdi. Bunday raqam ham Özbekiston tarixida qayd etilmagan.

«Qaysi hudud, şahar va tumanlar uşbu imkoniyatlardan samarali foydalangan bölsa, öz natijasini berdi. Jumladan, Qöqon va Şirin şaharlari, Karmana tumanida aholi jon boşiga umumiy xizmatlar hajmi 6,5 million sömni taşkil etib, respublika körsatkiçidan yuqori böldi (6,4 million söm). 

Lekin, 26ta hudud, xususan, Beruniy, Şumanay, Çiroqçi, Qamaşi, Guliston, Xovos, Oltinsoy, Qumqörğon, Özbekiston, Yozyovon tumanlarida bu körsatkiç ança past (2 million sömdan kam). 

Transport xizmatlari aholi jon boşiga Qönğirot va Qorovulbozorda – 4 million sömdan, Çirçiq va Urganç şaharlarida – 3 million sömdan töğri kelib, eng yaxşi körsatkiç sifatida qayd etilgan (respublika böyiça örtaça 1,6 million söm).

Lekin, Taxiatoş, Ellikqal’a, Arnasoy, Zafarobod, Foriş tumanlarida transport xizmatlari aholi jon boşiga atigi 300 ming sömni taşkil qilgan. Bu degani öşa yerlarda transport xizmati yöq degani, vazir bunga javob berişi kerak.