Jahon | 08:44 / 26.05.2018
13659
2 daqiqa o‘qiladi

Shoygu Suriyada Su-57 uchun qanotli raketalar sinovi haqida gapirdi

Foto: Vadim Savitskiy/mil.ru

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, harbiy-kosmik kuchlarning o‘ndan ortiq turdagi samolyot va vertolyotlari Suriyadagi janglarda qo‘llanilganidan so‘ng modernizatsiya qilinmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

«Olingan ma'lumotlar asosida, 11 turdagi samolyot va vertolyotlarning modernizatsiyasi amalga oshirilmoqda», - deya ma'lum qildi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda harbiy-kosmik kuchlarning 60dan ortiq seriyali va istiqbolli harbiy texnika namunalarining Suriyadagi amaliyot davomida jangovar qo‘llanilishi natijalari to‘g‘risida ma'lumotlar yig‘ilmoqda hamda tahlil etilmoqda.

«Joriy yilning fevralida ishlab chiqilayotgan harbiy texnika imkoniyatlarini jangovar holatda baholash uchun beshinchi avloddagi Su-57 samolyotidan operativ-taktik maqsaddagi istiqbolli qanotli raketalar uchirildi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Sergey Shoyguni qabul qilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid