Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Transport vaziri qator masalalar bilan lozim darajada shug‘ullanmayotgani uchun ogohlantirildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga yetkazishda ishonchli logistika zanjirlarini tashkil qilish bo‘yicha o‘z yechimini kutayotgan masalalar tahlil qilindi.
Masalan, ayrim mamlakatlarda yuk tashishda qo‘shimcha yig‘imlar mavjud, haydovchilar uchun viza rejimi murakkab, avtotransport uchun vazn talablarini muvofiqlashtirish yakuniga yetkazilmagan, portlarda eksport tovarlarini saqlash va qayta ishlashga mo‘ljallangan terminallar yo‘q.
Bu masalalar bilan lozim darajada shug‘ullanmayotgani uchun transport vaziri Ilhom Mahkamov ogohlantirildi.
Investitsiya vazirligiga logistikadagi muammolarni yechish, mintaqaviy va yirik xalqaro loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha bir qator topshiriqlar berildi. Strategik temir yo‘l koridorlarini barpo etish doirasidagi ishlarni faollashtirish lozimligi qayd etildi.
Mutasaddilarga xorijiy mamlakatlarda mahalliy tashuvchilar uchun viza rejimini soddalashtirish choralarini ko‘rish topshirildi.
- Bundan avvalroq prezident adliya vaziri Akbar Toshqulovni lavozimdan olib, Texnik tartibga solish agentligiga rahbar etib tayinlashi haqida ogohlantirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
- Shuningdek, investitsiyalar sohasida chorak yakunigacha o‘zgarish qilmasa, kompleks uchun mas’ul bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayevning lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.
Mavzuga oid
17:40 / 27.01.2026
Toshkentda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha «poytaxt namunasi» joriy etiladi
16:33 / 27.01.2026
«Narkotik uchun oyiga o‘rtacha 20−25 mln so‘m sarflayapti» – prezident yoshlar orasidagi giyohvandlik muammosi haqida
13:38 / 27.01.2026
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Zufar Qurbonov tanqidga uchradi
13:20 / 27.01.2026