12:11 / 21.02.2023
37083

7 ta viloyat hokimligi Toshkent shahrida mehmonxonalar quradi

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani hududidan 7 ta viloyat hokimligiga mehmonxona qurish uchun 0,32 gektardan yer maydoni ajratildi.

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov Namangan, Surxondaryo, Andijon, Sirdaryo, Buxoro, Samarqand hamda Farg‘ona viloyati hokimliklariga mehmonxona qurish uchun yer maydoni ajratish haqidagi qarorlarni imzoladi.

Qarorlarga ko‘ra, har bir hokimlikka doimiy foydalanishga Mirzo Ulug‘bek tumanining Chingeldi mahallasi hududidan, aholi punktlari yerlaridan 0,32 gektardan yer maydoni ajratilgan.

Mazkur hududlarda joylashgan muhandislik tarmoqlarini ko‘chirish yoki muhofaza hududlarini saqlab qolish hokimliklarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Top