Toşkent şahri hokimi vazifasini bajaruvçi Baxtiyor Rahmonovning joriy yil 16 fevraldagi farmoyişi bilan Mirzo Uluğbek tumani hokimi Şavkatbek Ergaşev, Uçtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev hamda Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abduvaliyevga intizomiy jazo qöllandi.

Hujjatda ta’kidlanişiça, mazkur hokimlarga “hayfsan” hududda qişga tayyorgarlik körmagani va uni betalafot ötkaziş böyiça zarur çora-tadbirlarni amalga oşirmagani, mahallalarga çiqib, aholi bilan muloqot hamda tuşuntiriş işlarini olib bormagani uçun berilgan.
Şavkat Mirziyoyev 16 yanvar kuni energiya ta’minoti masalalariga bağişlab ötkazgan yiğilişida Yunusobod, Mirzo Uluğbek va Uçtepa tumanlarida bir kunda yuzga yaqin avariya bölganini ta’kidlab ötgandi. Şuningdek, öşanda Yunusobod tumani hokimi Abduvaliyev, Mirzo Uluğbek tumani hokimi Ergaşev hamda Uçtepa tumani hokimi Abdullayevga oxirgi marta hayfsan berilişi aytib ötilgandi.












