2 Dekabr

23:10

Raddiya: Oreshkin O‘zbekiston 2020 yilda YeOIIga qo‘shilishini aytgani haqidagi xabar asossiz bo‘lib chiqdi

1 dekabr kuni bir qator saytlar, jumladan Kun.uz ham iqtisodchi Behzod Hoshimovga tayanib, Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin 30 noyabr kuni Rossiya Oliy iqtisodiyot maktabi talabalari bilan bo‘lgan uchrashuvda O‘zbekiston 2020 yilda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishini ma'lum qilgani haqida xabar bergan edi. Batafsil

22:00

1 yanvardan markazlashgan issiqlik ta'minoti xizmatlariga yillik to‘lov bekor qilinishi mumkin

Bugun, 2 dekabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Issiqlik ta'minoti tizimini takomillashtirish va issiqlik ta'minoti korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Batafsil

21:20

2020 yilda islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 dekabr kuni 2020 yilda ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlarni jadallashtirish, bu boradagi maqsadli parametrlarni belgilash va ta'minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.  Batafsil

21:00

«Katta o‘g‘limga Fransiyadan, o‘rtanchasiga sharqiy Osiyodan, kenjamga esa Portugaliyadan taklif bo‘ldi» - Rashidovlarning otasi bilan suhbat

Jizzax futboli haqida so‘z borganda, yaqin yillargacha avvalo Davron Fayziyev va Jasur Hasanov kabi milliy terma jamoada to‘p surgan futbolchilar tilga olingan bo‘lsa, bugunga kelib ko‘proq Rashidovlar oilasi e'tirof etiladi.  Batafsil

19:28

UMS Mobiuz savdo belgisi ostida faoliyat yuritadi 

2 dekabr kuni Toshkentda Mobiuz brendining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. UMS mobil operatori endi aynan shu nom ostida faoliyat yuritadi.   Batafsil

19:00

Binolar ta'mirtalab, jihozlar eski: G‘ijduvonda qachon zamonaviy poliklinika barpo etiladi?

Tahririyatimizga G‘ijduvon tumanida yashovchi aholi vakillaridan murojaat kelib tushdi. Unda aholi tuman poliklinikasi juda xarob binoda joylashgan, zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan ta'minlanmaganidan shikoyat qilgan. Batafsil

16:08

Ittifoqqa kirish chindan sifatli importni ta'minlaydimi? Yana YeOII haqida

Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkinning talabalar bilan bo‘lgan uchrashuvida O‘zbekiston Yevroosiyo ittifoqiga 2020 yili kirishi muhokama qilinishi axborot bosimining bir turimi? Bu kabi savollarning javobi hozircha noma'lum. Davlatimiz tomonidan rasmiy bayonot bo‘lmagunicha shoshilinch xulosa chiqarmagan bo‘lardim. Batafsil

11:32

Hokimlar bundan buyon istagan odamiga mashina, uy sovg‘a qilolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda ilg‘or paxtakorlar, paxta terimi rejasini bajargan klaster rahbarlari, uch va undan ortiq egiz farzand ko‘rgan oilalar, iqtidorli yigit-qizlarga avtomobil, uy sovg‘a qilinishi, hokimlar ularni kimning hisobidan berayotgani ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Batafsil

08:11

IMEI-kod qancha to‘lov evaziga ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

Ayni kunlarda mobil qurilmalarining IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi keng muhokama qilinmoqda. Har bir fuqaro uchun muhim bo‘lgan ushbu tizim haqida ko‘plab savollar yuzaga kelmoqda. Batafsil

1 Dekabr

20:50

London ko‘prigidagi terakt: xavfli jinoyatchi qanday qilib ozodlikda paydo bo‘lib qoldi?

London ko‘prigidagi hujumdan so‘ng Britaniya Adliya vazirligi zudlik bilan terrorchilik moddalari bo‘yicha qamalganlarni qamoqxonalardan muddatidan avval shartli ozod qilish qoidalarini qayta ko‘rib chiqish kerakligini ta'kidlamoqda. Batafsil

19:30

O‘zbekistonda energetik muammoga yechim, Toshkentdagi maslahatlashuv yakunlari, Senatning navbatdagi majlisi va haftaning boshqa xabarlari

Yakunlanayotgan hafta ham barcha haftalarda bo‘lganidek muhim jarayonlarga boy bo‘ldi, jahonning turli nuqtalarida ham, O‘zbekistonda ham e'tiborga molik voqealar bo‘lib o‘tdi. Kun.uz o‘tgan haftaning eng asosiy va diqqat markazida turgan mavzulari bo‘yicha haftalik dayjestni taqdim etadi. Batafsil

17:00

Vodiyda yana o‘sha manzara: Haydovchilar kunni navbatda turib o‘tkazmoqda, mutasaddilar holatni qanday izohlaydi?

Bu yil Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi avtomobillarga metan gaz quyish shoxobchalaridagi muammolar o‘tgan yilgidan ertaroq boshlandi Batafsil

30 Noyabr

23:26

Yevro-2020 final bosqichiga qur'a tashlandi: Fransiya, Portugaliya va Germaniya bir guruhda

Ruminiya poytaxti Buxarestda 2020 yilda o‘tkaziladigan Yevropa chempionati final bosqichiga qur'a tashlandi. Batafsil

21:30

Vazirlar, hokimlar va boshqa amaldorlar yana Senatda (fotoreportaj)

Oliy Majlis Senatining bugun, 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan 24-yalpi majlisi yakunlandi. 19 ta masala muhokama qilingan yig‘ilish Senatning  veb sayti, YouTube va Facebook`dagi kanallarida onlayn rejimida translatsiya qilib borildi. Batafsil

18:53

Samvel Babayan: «Xitoyning «Changchung Yatay» klubida ish boshlayman»

«Lokomotiv» bosh murabbiyi Samvel Babayan Superliga 26-turidan o‘rin olgan «Paxtakor»ga (0:0) qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida faoliyatini Xitoyda davom ettirishini e'lon qildi.  Batafsil

16:42

«Toshkent-Samarqand» yo‘nalishidagi pulli yo‘l qurilishi nega cho‘zilib ketganiga izoh berildi

Senator Sharifjon Yo‘ldoshev Oliy Majlis Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Elyor G‘aniyevdan xorijlik hamkorlar bilan birga amalga oshirilishi aytilgan “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishidagi pulli yo‘l qurilishi qaysi bosqichda ekani, nega ushbu loyihani amalga oshirish cho‘zilib ketgani haqida so‘radi. Batafsil

15:50

«Beverli» sotayotgan korall kalsiysi har dardga davomi? Vazirlik va olimlar munosabat bildirdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqda O‘zbekistonga chetdan olib kelinayotgan korall kalsiysi juda ko‘p dardlarga shifo bo‘lishi, odamlar ushbu biologik faol qo‘shimchani sotib olish uchun navbatga turib, uni qimmat narxlarda sotib olayotgani to‘g‘risida tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi. Batafsil

13:15

Senat 2020 yil uchun davlat budjetini ma'qulladi 

Oliy Majlis Senati “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini ma'qulladi. Batafsil

12:31

O‘zbekistonning asosiy tashqi qarzi OTB, Jahon banki, Xitoy va Yaponiya hissasiga to‘g‘ri kelishi ma'lum qilindi

Oliy Majlis Senatining bugun, 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tayotgan yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi a'zosi Abduqodir Toshqulov vazirliklar va idoralar olingan tashqi qarzlarni nechog‘li samarali, maqsadli ishlatayotgani, bu qanday nazorat qilinayotgani bilan qiziqdi. Batafsil

11:21

Qo‘chqorov: 2020 yildan boshlab mobil aloqa uchun aksiz solig‘i miqdori aholi sonidan kelib chiqib qayta taqsimlanadi

2020 yildan boshlab mobil aloqa uchun aksiz solig‘i miqdori hududlarning aholi sonidan kelib chiqib qayta taqsimlanadi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari – moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Oliy Majlis Senatining 24-yalpi majlisida ma'lum qildi. Batafsil

10:57

O‘zbekistonda rahbarlar ishiga baho berib borish tizimi joriy etiladi

“Davlat boshqaruvida ilg‘or davlat menejmenti va “aqlli” boshqaruv prinsiplarini bosqichma-bosqich joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi. Batafsil

10:27

Tanzila Norboyeva: «Jurnalistlar bilan muloqotni odat qilishimiz, etika qoidalariga qat'iy amal qilishimiz zarur»

Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.  Batafsil

10:17

Surxondaryo viloyati tarkibida Bandixon tumani tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi. Unda deputatlar Surxondaryo viloyati tarkibida Bandixon tumanini tashkil etish hamda Qiziriq, Boysun va Qumqo‘rg‘on tumanlari hududlari chegarasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdilar. Batafsil

09:13

Madrid – Barselona, Grizmann «Atletiko»ga qarshi. Haftaning eng muhim 4 o‘yini prevyusi­

Hafta o‘rtasidagi Yevrokuboklardagi o‘yinlardan keyin dam olish kunlarida ham muxlislarni bir qator markaziy o‘yinlar, azaliy raqiblar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar kutib turibdi. Tribuna.uz «uik-end»da quyidagi to‘rtta uchrashuvni o‘tkazib yubormaslikni tavsiya qiladi. Batafsil

07:42

O‘zbekiston Turkmanistondan elektr energiyasini import qilishga qaror qildi

O‘zbekiston “Turkmanenergo” bilan kelishuvga erishdi, 1 dekabrdan elektr energiyasi ta'minotida ijobiy o‘zgarishlar bo‘ladi. Batafsil

00:52

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Toshkentdagi uchrashuvda nimalarga kelishib olishdi?

29 noyabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Batafsil

29 Noyabr

20:50

«Profilaktika inspektorlariga berilgan avtomobillar xarajati novvoy va somsachilarning bo‘ynida» - Senator

Joriy yilning 9 oyi mobaynida voyaga yetmaganlar tomonidan 479ta jinoyat sodir etilgan. Batafsil
Top