Ayni kunlarda mobil qurilmalarining IMEI-kodini röyxatdan ötkaziş masalasi keng muhokama qilinmoqda. Har bir fuqaro uçun muhim bölgan uşbu tizim haqida köplab savollar yuzaga kelmoqda. Şuni e'tiborga olib, AKT vazirligi IMEI-kod eng köp berilayotgan dolzarb savollarga yana bir bor oydinlik kiritdi. Bu hamma bilişi lozim bölgan ma'lumotlar, çunki IMEI-kodlarni bepul röyxatdan ötkaziş uçun berilgan muddat tugadi.

1. IMEI-kod kim tomonidan röyxatdan ötkaziladi?

IMEI-kod mobil qurilmani Özbekiston hududiga olib kirgan yuridik yoki jismoniy şaxs tomonidan röyxatdan ötkaziladi. Demak bundan körinib turibdiki, mobil qurilmani sotib olayotgan fuqaro röyxatdan ötkazişi şart emas. Uşbu qurilmaning röyxatdan ötgan yoki ötmaganligini biliş uçun:

1) UZIMEI rasmiy veb-sayti orqali;

2) 1170 qisqa raqamiga qönğiroq qiliş orqali;

3) USSD *1170# yoki SMS 1170 sörovlari yordamida bilib olişingiz mumkin.

Agar siz sotib olayotgan mobil qurilma röyxatdan ötmagan bölsa bilingki, bu qurilma Özbekiston hududiga noqonuniy olib kirilgan bölişi mumkin, uşbu ma'lumot asosida siz huquqni himoya qiluvçi organlarga murojaat qilişingiz mumkin. IMEI-kod mobil qurilmani Özbekiston hududiga olib kirgan yuridik yoki jismoniy şaxs tomonidan röyxatdan ötkazilişi belgilangan.

2. IMEI-kod nima?

Mobil qurilmaning 15 xonalik seriya raqami IMEI-kod deyiladi. IMEI-kod SIM-kartalar işlaşini ta'minlovçi barça mobil qurilmalarda mavjud bölib, SIM-kartaning har bir slotiga alohida beriladi. Agar mobil qurilmada SIM-kartalarning ikki yoki undan köp slotlari mavjud bölsa, uşbu mobil qurilma ikki yoki undan ortiq IMEI-kodlarga ham ega böladi.

Demak, agar sizda ikkita SIM-karta bilan işlaydigan mobil qurilmangiz bölsa, ikkita IMEI-kod olişingiz lozim böladi.

3. IMEI-kod nimaga kerak?

Mobil qurilmalarning IMEI-kodi/kodlarini tekşiriş orqali sifatsiz, inson soğliğiga zarar keltiradigan va respublika hududiga noqonuniy yöl bilan olib kirilgan qurilmalar savdosining oldini oliş uçun;

mobil qurilma yöqolib qolgan yoki öğirlangan holatda uning qidiruv işlarini tezkor amalga oşiriş uçun;