«Lokomotiv» boş murabbiyi Samvel Babayan Superliga 26-turidan örin olgan «Paxtakor»ga (0:0) qarşi öyindan keyingi matbuot anjumanida faoliyatini Xitoyda davom ettirişini e'lon qildi. 

«Bu öyinni hamma qiziqiş bilan kutgan edi. Afsuski u turnir jadvali nuqtai nazaridan ahamiyatga ega bölmadi. Ammo jamoalar durang öynagan bölsa ham, menimça bahs muxlislarga yoqdi. Yigitlardan minnatdorman, ular yaxşi öyin namoyiş qilişdi.

Rasman e'lon qilaman. Bugun «Lokomotiv»dagi sönggi öyinim böldi. Mavsumni qanday baholayman? Albatta ijobiy. Çunki men ajoyib, professional futbolçilar bilan işladim, biz oldinga qarab harakatlanadigan jamoa tuzdik. 

Ertaga Xitoyning «Çangçung Yatay» klubida iş boşlayman. Afsuski jamoa Xitoy Superligasidan tuşib ketgan. Ular meni 2016 yilda ham taklif qilişgandi. Öşa paytda jamoa Çempionlar Ligasi darajasida edi. Ammo ularga rad javobini berdim, çunki milliy jamoani tark etolmasdim.

Uç hafta oldin ulardan yana taklif oldim. Muzokara ötkazib, öz falsafamni tuşuntirdim. Ular mening «Paxtakor», milliy jamoa va «Lokomotiv»dagi işim haqida tasavvurga ega. Bu çorlov nafaqat men uçun, balki mamlakat uçun ham muhim. Çunki ilk marotaba özbekistonlik mutaxassis xorijga işga çaqirilmoqda. Bu çempionatda maşhur murabbiylar işlagan – Benites, Pellegrini, Lippi. Men u yerga Babayan sifatida emas, balki vatan, madaniyatimiz, murabbiylar maktabi vakili sifatida boryapman. Şu tufayli ham taklifni qabul qildim.

«Lokomotiv» bilan şartnoma imzolaganimda, agar xorijdan taklif bölsa, qöyib yuborişlarini iltimos qilgandim. Çunki, xorijda işlaş har doim orzum bölgan. U amalga oşdi. 

Latviyada («Spartak Yurmala» klubida) işim yurişmadi. Çunki litsenziya va boşqa hujjatlar bilan boğliq muammolar böldi. Vaholanki, men Yevropa Çempionlar Ligasida işlagan osiyolik birinçi murabbiy böldim.  

Orzum amalga oşganidan faxrlanaman. Öz ştabim bilan Xitoyga yöl olaman. Ular – Jurjyeviç, Kolosovskiy, Galiç va Mayramov. Va yana özbekistonlik tarjimonni ham olib ketamiz.

«Lokomotiv» futbolçilarini Xitoyga olib ketamanmi? Gap şundaki, Xitoy ikkinçi divizionida uç nafar legionerga ruxsat bor. Şu tufayli ular asosan hujumçilarni olişadi. Ertaga Xitoy klubi rahbariyati bilan uçraşib, Superligaga çiqişga yordam beradigan legionerlar masalasini muhokama qilamiz», - deb Babayan sözlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.