Senator Şarifjon Yöldoşev Oliy Majlis Senatining yigirma törtinçi yalpi majlisida Özbekiston boş vaziri örinbosari Elyor Ğaniyevdan xorijlik hamkorlar bilan birga amalga oşirilişi aytilgan “Toşkent-Samarqand” yönalişidagi pulli yöl qurilişi qaysi bosqiçda ekani, nega uşbu loyihani amalga oşiriş çözilib ketgani haqida söradi.

“Toşkent – Samarqand” yölini quriş böyiça muzokaralar olib borilyapti. Bu yöl pulli bölişi kerak. Ammo quruvçilar foydalanuvçilardan undiriladigan haqni juda katta belgilaşyapti. Bu bizga umuman töğri kelmaydi. Ayni paytda bu borada önga yaqin loyihalarni örganib çiqyapmiz”, deya Elyor Ğaniyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib ötamiz, dastavval “Toşkent — Samarqand” pullik yöli qurilişi Turkiyaning “Cengiz Enerji Sanayii ve Ticaret A.S”, “KaneH” va “Komm” kompaniyalari konsorsiumi bilan hamkorlikda amalga oşirilişi, loyiha 2019 yilning IV çoragida boşlanişi va 2021 yil yakunida foydalanişga topşirilişi ma'lum qilingandi.

Keyinçalik uşbu loyiha Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki tomonidan moliyalaştirilayotgani, bu loyiha ham 2019 yil oxirigaça taqdim etilişi, pulli yöllar qurilgan taqdirda ham bepul yöllar qolişi xabar qilindi.

Transport vazirligining yöl xöjaligini rivojlantiriş bölimi boşliği Bahodir Qoraboyev “Toşkent-Samarqand” yöli YeTTB tenderi kömagida amalga oşirilayotgani, bu tizim Özbekiston uçun yangilik bölgani sababli sinçiklab örganilib, loyiha hujjatlari işlab çiqilayotganini aytgan edi.