Rossiya iqtisodiy rivojlaniş vaziri Maksim Oreşkinning talabalar bilan bölgan uçraşuvida Özbekiston Yevroosiyo ittifoqiga 2020 yili kirişi muhokama qilinişi axborot bosimining bir turimi? Bu kabi savollarning javobi hozirça noma'lum. Davlatimiz tomonidan rasmiy bayonot bölmaguniça şoşilinç xulosa çiqarmagan bölardim.
Nima bölganda ham bu mavzu hali beri yopilmagan deb hisoblayman, çunki biz YeOIIga kirişning maxsus şartlarini körmadik, kirgan taqdirda mamlakatni nima kutayotgani haqida boxabar böliş oqil odamlar uçun katta ahamiyatga ega.
YeOIIga kirişda Özbekiston eksporti uçun imkoniyatlar oçilişi haqida va'dalar asosli emasligini maqolamizda aytib ötdik. Migrantlar hayoti yaxşilanişi iddaosi ham zaif argumentligini alohida bayon qildik.
Yana bir da'vo qoldi: bu ittifoqqa kiriş arzon va sifatli mahsulotlar Özbekistonga kirişi uçun çeklovlar olinişi böyiça.
Bu iddaoga şunday oydinlik kiritiş mumkin: asosan Rossiya mahsulotlari uçun çeklovlar olinadi, boşqa davlatlar uçun nafaqat çeklovlar qoladi balki ular ittifoqdoşlar (va ayniqsa Rossiya) bilan muvofiqlaştiriladi, ya'ni taşqi import uçun çeklovlar keskinlaşadi. Proteksionizm ustiga yana bir proteksionizm quriladi.
Mahsulotlar sifatiga kelsak, bu ham qiziq mavzu. Yuqori sifat ta'minoti yuqori darajadagi texnologiya, kuçli nazorat tizimi va oliy maqomdagi mutaxassislar tomonidan hosil böladi. Oliy sifat qimmatbaho imtiyozdir. Quyiroq sifat ma'lum ehtiyojni qondirgani bilan ziyonli bölişi mumkin. Ittifoqning proteksionizmi va rus işlab çiqaruvçilar uçun yangi imtiyozlar paydo bölişi, şuningdek migrantlardan keladigan tuşum ozayib ketişi (bular haqida suhbatimizda aytib ötganmiz) aholining xarid qobiliyatini yildan yilga qisqartirib boradi, oddiy söz bilan aytganda, qaşşoqlaşuv davom etadi. Bu degani – ittifoqdan kutilayotgan yaxşi sifatli mahsulot va xizmatlar haqida orzu qilmasa ham böladi.
YeOIIga kirişni tanqid qiluvçilar orqasida mahalliy monopolistlar turibdi, degan ayblovlarni ham öqidik. Monopolist manfaatlaridan «xavotir» olmagan ma'qul, çunki Özbekiston mazkur ittifoqqa a'zo bölib qolsa monopolistlarimiz birinçi bölib rus kompaniyalari bilan eksklyuziv dillerlik şartnomalarini tuzib olişadi va har qaçongidek iste'molçi noçorligi ustida «semirişadi».












