O‘zbekistonda kichik AES birinchi reaktori 5 yildan keyin ishga tushirilishi mumkin
Kichik AESning birinchi reaktori quvvatini ishga tushirish joriy yil yozida boshlanishi kerak bo‘lgan ustuvor ishlar tugaganidan 60 oy (5 yil) o‘tib amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasining birinchi reaktorini 5 yildan keyin ishga tushirish rejalashtirilyapti. Bu haqda Spot'ga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi matbuot xizmati ma’lum qilgan.
Loyiha Jizzax viloyatining Forish tumani Tuzkon ko‘li yaqinidagi dastlab yirik atom elektr stansiyasini joylashtirish masalasi ko‘rib chiqilgan avval tasdiqlangan maydonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
«O‘rnatilgan quvvati 330 MVt bo‘lgan oltita RITM-200N reaktor bloki negizida kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish loyihasining qiymati maxfiy ma’lumotlar bo‘lib, oshkor etilmaydi», — deyiladi agentlik axborotida.
Kichik AESning birinchi reaktori quvvatini ishga tushirish joriy yilning yozida boshlanishi kerak bo‘lgan ustuvor ishlar tugaganidan 60 oy (5 yil) o‘tib amalga oshiriladi.
Har bir keyingi reaktor olti oy ichida ishga tushiriladi. Oltita reaktorli kichik AESning to‘liq ishga tushirilishi 2032 yil yoki undan keyinga reja qilingan.
AES qurilishi bo‘yicha shartnoma 27 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Toshkentga tashrifi chog‘ida AES qurish direksiyasi va «Atomstroyeksport» kompaniyasi («Rosatom»ning injiniring bo‘limi) o‘rtasida tuzilgan edi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
-
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:00
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
Mavzuga oid

21:20 / 28.04.2025
“Agar emas, qachonki...” - Lixachev O‘zbekistonda katta AES qurilishi haqida

00:46 / 28.04.2025
Xitoy atom energetikasi sohasida dunyoda yetakchiga aylandi

22:04 / 23.04.2025
O‘zbekiston Xitoyga Jizzaxdagi AES loyihasiga sarmoya kiritishni taklif qildi

17:06 / 23.04.2025