Kun.uz ingliz tilida ishlovchi jurnalistlarni ishga taklif qiladi
Kun.uz saytning ingliz tilidagi talqinini rivojlantirish maqsadida bu xalqaro tilni yaxshi biladigan jurnalist-muxbirlarni ishga qabul qiladi.

Foto: Kun.uz
Ingliz tahririyatiga qabul qilinadigan muxbirlarning asosiy vazifasi – voqea-hodisalarni yoritib borish orqali Kun.uz'ning ingliz tilidagi talqinini boyitish, xususan, intervyular va jurnalistik videokontent hisobiga rang-baranglikni oshirish bo‘ladi.
Nomzodlarning ingliz tilini bilish darajasi IELTS mezonlari bo‘yicha yoki yozish, yoki gapirish ko‘nikmasi bo‘yicha 7 balldan kam bo‘lmasligi lozim. Muxbirlar o‘z tanloviga ko‘ra ish faoliyatida asosiy e’tiborni matn bilan ishlash (shu jumladan, tarjima) yoki videokontent yaratishga qaratishlari mumkin.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
-
ingliz tilini egallash ko‘nikmasi yuqorida ta’riflangan darajaga mos bo‘lishi;
-
Toshkent shahri yoki unga yaqin hududda istiqomat qilish, Kun.uz'ning Toshkent shahridagi ofisiga kelib ishlash;
-
vaqti-vaqti bilan xorijga xizmat safarlari uchun chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.
Sohasidan qat’i nazar, ingliz tili faoliyatining asosini tashkil etuvchi mehnat tajribasiga ega nomzodlarga ustuvorlik beriladi.
Kun.uz quyidagilarni taklif etadi:
-
raqobatbardosh oylik maosh;
-
rasmiy mehnat shartnomasi;
-
ofisda bepul tushlik;
-
kasbiy rivojlanish uchun imkoniyatlar.
Nomzodlardan o‘zi haqida erkin tarzda yozilgan ma’lumotlarni Telegram'dagi @kunuzkadr manziliga yuborish so‘raladi. Kadrlar bo‘limi tanlab olingan nomzodlar bilan telefon orqali bog‘lanadi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampning ehtiyotsizligi AQSh fond bozorini qulatdi - AQShda krizis xavfi bormi?
Jahon | 09:00
-
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 08:50
-
AQShga kuchli tornado yopirildi, o‘nlab qurbonlar bor
Jahon | 08:37
-
AQSh Tramp buyrug‘idan keyin Yamandagi husiychilarga aviazarbalar bermoqda
Jahon | 07:48
Mavzuga oid

11:45 / 11.07.2024
Kun.uz jamoasi Axbor Imomxo‘jayev xotira turnirida kumush medalni qo‘lga kiritdi

13:11 / 08.07.2024
Kun.uz jamoasi Axbor Imomxo‘jayev xotira turnirni yirik g‘alaba bilan boshladi (fotojamlanma)

22:02 / 27.06.2024
Kun.uz'ning 4 nafar jurnalisti eng yaxshilar qatorida taqdirlandi

13:13 / 27.06.2024