10 iyul kuni Axbor Imomxöjayev xotirasiga bağişlangan turnir yakuniga yetdi.
Final bahsida Kun.uz jamoasini 5:2 hisobida yenggan Özbekiston futbol assotsiatsiyasi turnir ğolibiga aylandi.
Kun.uz'dan gollarga Abduqodir Tölqinov va Yunus Qöşoqov mualliflik qildi. Sayt jamoasi finalda quyidagi tarkibda harakat qildi: Normuhammad Ali Abdurahmonov, Ziyoddin Mamatjonov, Aziz Qarşiyev, Abduqodir Tölqinov, Muhammad Komilov, Javohir Xöjayev, Abdusalim Abduvoxidov, Ma’rufjon Asqarov, Muhammadsaid Ahmedov, Azimjon Berdibekov, Asrorbek Abdunazarov, Yunus Qöşoqov.
«Paxtakor» Championat.Asia jamoasini 2:0 hisobida mağlub etib, 3-örinni qölga kiritdi.
E’tiborlisi, Kun.uz jamoasidan Normuhammad Ali Abdurahmonov turnirning eng yaxşi darvozaboni deb topildi.
Sayt fotografi Muhammadjon Ğaniyev final va taqdirlaş marosimidan fotojamlanma tayyorladi.



















































