Jahon | 15:32 / 28.03.2019
12390
2 daqiqa o‘qiladi

Yoqutistondagi migrantlarga savdo va yo‘lovchi tashish sohasida ishlash taqiqlandi

Aysen Nikolayev/Foto: YASIA

Yoqutistonda migrantlarga savdo-sotiq, yo‘lovchi tashish, mahsulotlar, ichimlik va kiyim-kechaklar ishlab chiqarish sohasida ishlash taqiqlandi. Hudud rahbari Aysen Nikolayev bu borada tegishli farmonni imzoladi.

Taqiq qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, ovchilik, qayta ishlab chiqarish, qurilish, savdo, transport, mehmonxona, ilmiy-texnik faoliyat, ko‘chmas mulk, ta'lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohalaridagi 33 ta faoliyat turiga nisbatan joriy etildi.

Patent asosida mehnat faoliyatini olib borayotgan xorij fuqarolari huquq, muhandislik-texnik loyihalash, buxgalteriya, ilmiy ishlab chiqarish va tadqiqotlar sohalarida ishlash huquqiga ega bo‘lmaydi.

17 mart kuni Yoqutistonda qirg‘izistonlik migrant mahalliy ayolga zo‘rlik ishlatgani ma'lum bo‘lganidan so‘ng miting bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng bu yerdagi migrantlar mahalliy aholi tomonidan ta'qibga olinayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Aysen Nikolayev respublikadagi vaziyat barqaror ekanligini ma'lum qildi.

Mavzuga oid