Yoqutistonda migrantlarga savdo-sotiq, yölovçi taşiş, mahsulotlar, içimlik va kiyim-keçaklar işlab çiqariş sohasida işlaş taqiqlandi. Hudud rahbari Aysen Nikolayev bu borada tegişli farmonni imzoladi.

Taqiq qişloq va örmon xöjaligi, ovçilik, qayta işlab çiqariş, quriliş, savdo, transport, mehmonxona, ilmiy-texnik faoliyat, köçmas mulk, ta'lim, soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmat körsatiş sohalaridagi 33 ta faoliyat turiga nisbatan joriy etildi.

Patent asosida mehnat faoliyatini olib borayotgan xorij fuqarolari huquq, muhandislik-texnik loyihalaş, buxgalteriya, ilmiy işlab çiqariş va tadqiqotlar sohalarida işlaş huquqiga ega bölmaydi.

17 mart kuni Yoqutistonda qirğizistonlik migrant mahalliy ayolga zörlik işlatgani ma'lum bölganidan söng miting bölib ötdi. Şundan söng bu yerdagi migrantlar mahalliy aholi tomonidan ta'qibga olinayotgani haqida xabarlar paydo böldi. Aysen Nikolayev respublikadagi vaziyat barqaror ekanligini ma'lum qildi.