Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bekobod tumanida yana hokim o‘zgardi
Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi Otabek Ubaydullayevich Isroilov lavozimdan ozod etildi. Bu haqda «Kun.uz» manbasi xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, tuman hokimi topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmagani uchun ishdan ketgan.
Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibragimov Ne'mat Abdullayevni Bekobod tumanining yangi rahbari sifatida tanishtirgan. Abdullayev shu vaqtgacha Parkent tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgandi.
Ma'lumot uchun, Otabek Isroilov 2017 yilning iyulida Bekobod tumaniga hokim bo‘lgandi. Undan avvalroq, 2017 yilning aprelida Rustam Xolmatov o‘rniga Turobjon Jo‘rayev Bekobod tumaniga hokim etib tayinlangan, biroz vaqt o‘tib u Samarqand viloyati hokimi lavozimiga o‘tkazilgandi.
Mavzuga oid
15:26 / 15.11.2025
Toshkent viloyatida “Yagona buyurtmachi xizmati” mas’uliga nisbatan korrupsiya ishi qo‘zg‘atildi
09:53 / 01.11.2025
Bekobodda Sirdaryoni bog‘laydigan yangi ko‘prik ishga tushdi
15:32 / 22.07.2025
Toshkent viloyatida tabiatga qariyb 17 mlrd so‘m zarar yetkazildi
17:07 / 07.04.2025