Toşkent viloyatining Bekobod tumani hokimi özgargan.
Tuman hokimiyatida tasdiqlanişiça, bu lavozimga Turob Jörayev tayinlangan.
Jörayev Moliya vaziri örinbosari, Xalq ta'limi vaziri sifatida işlagan (2004—2008 yy), keyinroq 2008—2011 yillarda Surxondaryo viloyatida hokim bölgan. Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov 2011 yilning kuzida uni Qaşqadaryo viloyatiga hokim etib tayinlagan, 2013 yilning sentabrida esa u qattiq tanqid qilinib, işdan olingandi. Şundan söng Jörayev rahbarlik lavozimida işlamagan.

Bekobod tumanining avvalgi hokimi Xolmatov Rustam Qurbonnazaroviç Jizzax viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari lavozimiga ötkazilgan.










