13 iyun kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.
Sessiyada taşkiliy masala körildi. «Kun.uz» manbasi bergan ma'lumotga köra, sessiyada Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov çiqiş qilgan. Sessiyada prezident tavsiyasiga binoan Samarqand viloyatiga şu vaqtgaça Bekobod tumani hokimi sifatida işlab kelgan Turobjon Jörayev hokim vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan.
U 12 iyun kuni prezident tomonidan işdan olingan Himmat Oqbötayev örnida iş boşlaydi.
Jörayev Moliya vaziri örinbosari, Xalq ta'limi vaziri sifatida işlagan (2004—2008 yy), keyinroq 2008—2011 yillarda Surxondaryo viloyatida hokim bölgan. Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov 2011 yilning kuzida uni Qaşqadaryo viloyatiga hokim etib tayinlagan, 2013 yilning sentabrida esa u qattiq tanqid qilinib, işdan olingandi.

U şu yilning aprelida rahbarlik lavozimiga qaytarilgan, Toşkent viloyati, Bekobod tumani hokimi sifatida iş boşlagandi.










