2024 yil dekabr oyida Toşkent viloyatining Bekobod tumanida foydalanişga topşirilgan yangi maktabgaça ta’lim taşkiloti binosi böyiça prokuratura tomonidan qurilişga oid tekşiruv işlari olib borilgan. Tekşiruv jarayonida obekt qurilişini amalga oşirgan MÇJ mansabdor şaxslari tomonidan 176 million sömlik kamomad aniqlandi.

Şu asosda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, hujjatli taftiş tayinlangan.

Bu holatdan boxabar bölgan “Yagona buyurtmaçi xizmati” davlat muassasasi boş yuriskonsulti özining mansabdor tanişlari orqali taftiş tekşiruvi natijalarini “ijobiy hal qilib beriş”ni va’da qiladi. Evaziga u MÇJ rahbaridan 8 400 AQŞ dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda boş yuriskonsult kelişilgan pul mablağini olgan paytida aşyoviy dalillar bilan uşlanadi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Rasmiy ma’lumotga köra, unga nisbatan protsessual tartibda “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.