Joriy yilning 11 dekabr kuni Toşkent viloyati Bekobod tumani IIBning Jinoyat qidiruvi bölimida işlovçi xodim oq rangli Nexia-3 maşinasida piyodani urib yuborib, uning ölimiga sababçi böldi. Söng xodim jinoyatini yaşiriş uçun murdani Sirdaryoga oqizib yuborgan. Bu haqda Kun.uz manbasi marhumning yaqinlariga tayanib xabar berdi.
Manbaning aytişiça, jinoyatda gumon qilinayotgan IIB xodimi uşlangan.
Boş prokuror matbuot kotibi Hayot Şamsuddinov voqea yuzasidan Kun.uz'ga ma’lumot berdi. Unda ta’kidlanişiça, hodisa Bekobod tumanining “Qoraquyli” MFY hududidan ötgan “Qorasuv-Böka-Bekobod” avtomobil yölida sodir bölgan. Yöl-transport hodisasida 43 yoşli erkak B.U. vafot etgan.
Holat yuzasidan 12 dekabr Bekobod tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi va 117-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, gumon qilinuvçi şaxsga “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Hozirda marhumning murdasini topişga qaratilgan tezkor qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda, deyiladi prokuratura ma’lumotida.










