Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaga rekord darajada dronlar hujumi va yo‘lga chiqqan poyezd-oshxona. Urush suratlari
Ukrainada urushning 640-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Zelenskiy Ukraina Qora dengizdagi g‘alla ortilgan kemalar himoyasi uchun harbiy kemalar bilan ta’minlanishi haqida aytdi.
- Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, YeI davlatlarining bir guruhi Rossiyaga qarshi tayyorlanayotgan sanksiyalarni yumshatishni taklif qilgan.
- Yevroittifoq Ukrainaga port infratuzilmasini ta’mirlash uchun 50 million yevro ajratilishini ma’lum qildi.
- Rossiya Kiyevga Ukraina tarixidagi eng keng ko‘lamli dronlar hujumini amalga oshirdi. Urib tushirilgan qurilmalar — qora tusli Shahed dronlari parchalari — turarjoylar ustiga qulagan.
- Ukraina energetiklari RF qo‘shini energetika infratuzilmalari bo‘ylab yoppasiga hujumlarni boshlaganini ma’lum qildi.
- Duma deputati Aleksandr Xinshteyn Penza rahbari Aleksandr Basenkoni tanqid qildi, hudud rahbari maktablarda urushda halok bo‘lganlar xotirasiga yodgorlik taxtalari o‘rnatishni to‘xtatishni taklif etgandi.
- Rossiyada safarbarlik e’lon qilinganidan buyon to‘rt mingdan ortiq harbiy xizmatchilar qismlardan qochib ketgan, deb xabar bergan «Mediazona» harbiy kemalar saytidagi ma’lumotlarni o‘rgangan holda.
- Politsiya Moskva oblastida Wildberries omborxonasi hududida reyd amalga oshirdi. U yerda ishlovchi migrantlarga harbiy komissariatga borish uchun chaqiruv qog‘ozi topshirilgan.
Kiyev bo‘ylab dronlarning yoppa hujumi
25 noyabrga o‘tar kechasi Rossiya harbiylari Ukraina bo‘ylab yoppasiga zarbalar berdi, Ukraina QK havo kuchlari qo‘mondonligi bergan xabarga ko‘ra, rekord miqdorda «Shahed-131/136» tipidagi kamikadze dronlar uchib kelgan. Ukrain harbiylari hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainaga 75 ta uchuvchisiz uchish qurilmalari ikki yo‘nalishda — Krasnodar o‘lkasi va Kursk oblastidan (ulardan 74 tasi urib tushirilgan) uchirilgan.
Ukrainaning kamida oltita oblastida: Kiyev, Sumi, Dnipropetrovsk, Zaporijjya, Mikolayiv va Kirovograd oblastlarida havo hujumidan mudofaa tizimlari ishlagan. Hujumning asosiy yo‘nalishi Kiyev bo‘lgan.
Hujum oqibatida besh kishi yaralangan, ular orasida 11 yoshli bola ham bor. Jabrlanganlarning uch nafarida stressga o‘tkir reaksiya kuzatilgan, ikki nafarida oyoq-qo‘llarida kesilgan jarohatlar bor. Kiyev shahrining Solomensk rayonida dron parchasi tushishi oqibatida bolalar bog‘chasi hududida yong‘in chiqqan, atrofdagi uylarning derazalari sinib ketgan. Bundan tashqari, besh qavatli uyning ikkinchi qavati shikastlangan, u yerda ikki ayol qamalib qolgan (keyinroq ularni qutqarishga muvaffaq bo‘lingan). Yana bir dron parchasi ochiq joyga tushib, yong‘in ro‘y bergan.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Vladyslav Sodel / Reuters / Scanpix / LETA
Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyev yaqinidagi ukrain havo hujumidan mudofaa kuchlari
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Har kuni 10 ming porsiya ovqat tayyorlanadigan oshxona poyezd
«Ukrzalіznitsya» (Ukraina temiryo‘llari) 23 noyabr kuni dunyodagi ilk Food Train yo‘lga tushgani haqida e’lon qildi. Bu oshxona poyezd bo‘lib, u besh-yetti kun avtonom rejimda ishlay oladi. Unda sho‘rva, bo‘tqa, salatlar va boshqa taomlar tayyorlash mumkin — kuniga jami 10 ming porsiya atrofida.
Loyiha Hovard Baffet fondi (amerikalik milliarder Uorren Baffetning o‘g‘li) tomonidan moliyalashtirilgan. 23 noyabr kuni poyezd ilk reysini amalga oshirish uchun yo‘lga chiqdi — Kiyevdan Xarkiv orqali Izyumga.
«Unda tayyorlangan taomlar har kuni front yaqinidagi hududlarda bizning himoyachilarga yordam berayotgan kishilarga minnatdorchilik sifatida tarqatiladi: bular FVDX xodimlari, politsiyachilar, mediklar, temiryo‘lchilar, ko‘ngillilar», — degan Ukraina jamoalari, hududlari va infratuzilmalarini rivojlantirish vaziri, Ukrainani qayta tiklash masalalari bo‘yicha vitse-premer Oleksandr Kurbakov. «Ukrzalіznitsya» poyezdda tayyorlangan taomlar oziq-ovqat tanqisligi kuzatilayotgan hududlar aholisiga ham berilishini qo‘shimcha qilgan.
Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA
Anadolu / ddp / Scanpix / LETA
Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA
Anadolu / ddp / Scanpix / LETA
Viacheslav Ratynskyi / Anadolu / ddp / Scanpix / LETA
Ukraina QKning Sumi oblastidagi pozitsiyalari
Hanna Arhirova / AP / Scanpix / LETA
Hanna Arhirova / AP / Scanpix / LETA
Hanna Arhirova / AP / Scanpix / LETA
Hanna Arhirova / AP / Scanpix / LETA
Hanna Arhirova / AP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
10:13
Putin “Tinchlik kengashi”ga Rossiya aktivlaridan 1 mlrd dollar berishga tayyor
15:52 / 21.01.2026
Ukrainada Yanukovichga yerni egallab olish ishi bo‘yicha yana 15 yil berildi
15:27 / 21.01.2026
Zelenskiy Davosga safari xavfsizlik kafolatlariga bog‘liqligini aytdi
15:01 / 21.01.2026