Toshkent viloyatida «Mening birinchi uyim» dasturi amalga oshiriladi
Zangiota tumanida quriladigan imtiyozli uy-joylar oxirgi 5 yilda mulk huquqi asosida uy-joyga ega bo‘lmagan oilalarga 15 foiz miqdorda boshlang‘ich to‘lov asosida 20 yil muddatga bo‘lib to‘lash shartida realizatsiya qilinadi.
Prezidentning “Mening birinchi uyim” dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan Turkiya davlat kompaniyasi bilan hamkorlikda “Mening birinchi uyim” dasturi ishlab chiqilgan.
Toshkent viloyati hokimligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining “Mening birinchi uyim” dasturini birinchi bosqichini tajriba-sinov tariqasida Zangiota tumani “Turkiston” MFYda amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Dastur doirasida amalga oshiriladigan qurilish ishlarini muvofiqlashtirish uchun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklidagi “Mening birinchi uyim” dasturini amalga oshirish direksiyasi tashkil etiladi.
Dastur doirasida:
- ko‘p kvartirali uy-joylar, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilma obektlarini samarali joylashtirish, loyihalashtirish hamda qurish ishlarini tashkil etish direksiya tomonidan amalga oshiriladi;
- ko‘p kvartirali uy-joylar, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilma obektlarini loyihalashtirish va qurish ishlarini amalga oshiradigan tadbirkorlik sub’yektlari tender savdolari asosida aniqlanadi.
Dastur doirasida quriladigan uy-joylar aholiga imtiyozli va bozor shartlarida realizatsiya qilinadi. Imtiyozli uy-joylar oxirgi 5 yil davomida mulk huquqi asosida uy-joyga ega bo‘lmagan oilalarga 15 foiz miqdorda boshlang‘ich to‘lov asosida 20 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlarida realizatsiya qilinadi.
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga imtiyozli uy-joylar bo‘yicha boshlang‘ich to‘lovi bir qismini qoplash uchun – qat’iy belgilangan 32 million so‘m miqdorida, oylik to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun – besh yil davomida har oylik qat’iy belgilangan 1 million so‘m miqdorida davlat budjeti hisobidan subsidiyalar ajratiladi.
Mavzuga oid
11:38 / 25.11.2024
Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
14:18 / 22.11.2024
Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
10:20 / 30.10.2024
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
07:24 / 02.09.2024